Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" skautlari va murabbiylari Toshkentga tashrif buyuradi

2018 yilning yanvar oyida Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi mutassaddilari bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi mutassaddilari bilan uchrashuv o'tkazgan edi. 

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish bo'yicha kelishuv imzolangan edi. 

Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi. 

Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg'ulotlar va boshqa turli tadbirlar o'tkailishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari,  “Bunyodkor” stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida “Real Madrid Kubogi” musobaqasi o'tkaziladi.  Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi. 

BestMaster
19 May 2018, 10:00
madrid, skautlari, murabbiylari, toshkentga, tashrif, buyuradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads