Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu yoqtirmas referi yoxud EChL finalini boshqaradigan hakam haqida

26 may kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo'ladigan Evropa Chempionlar Ligasi-2017|2018 finalini serbiyalik FIFA referisi Milorad Majich boshqarib boradi.

.
- Yuklab olish

26 may kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo'ladigan Evropa Chempionlar Ligasi-2017|2018 finalini serbiyalik FIFA referisi Milorad Majich boshqarib boradi.

U Serbiya sportiga ta'siri eng kuchli shaxslardan biridir. Misol uchun, Majich mamlakatning bosh sport mediasi tomonidan tuzilgan yangi reytingda 15-o'rinni egalladi.

Referining ushbu ro'yxatda UEFA rahbari birinchi maslahatchisi Deyan Stankovich, serbiyalik eng mashhur agent Fali Ramadani va Milosh Teodosich hamda Nemanya Matich kabi yulduzlardan oldinda ekanligi ko'p narsadan dalolat.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Deylik, portugaliyalik muxlislar Miloradni boshqacha «ta'riflashadi»: «U JCh-2014da ishlagan hakamlar orasida eng noshudi...». Bo'lajak finalda bosh rollardan birini bajaruvchi Majich xususan, «Real» etakchisi Krishtianu Ronaldu nafratiga ham uchragan... Nega? Sports.ru caytining maqolasi shu haqda.

Milorad Majich tufayli serb futbolining abadiy derbisi - «Tsrvena Zvezda» va «Partizan» o'rtasidagi o'yinni ham hech xijolat tortmay, boshqa kunga ko'chirishlari mumkin. Har holda, shu yilning aprel oyida hakam Evropa miqyosidagi ishlar bilan bandligi bois, chempionatning markaziy uchrashuvi vaqtini surishdi.

«Derbini bo'lar-bo'lmasga qoldiraverish mantiqqa mutlaqo zid. Axir Serbiyada boshqa hakamlar ham bor-ku, - deya hayratini yashirmagandi «Partizan» bosh murabbiyi Miroslav Jukich. - Qarang, «Barselona» ba'zida hattoki, Lionel Messisiz o'ynamoqda, nega endi biz birgina Majichga qarab turishimiz kerak...?»

Milorad Majich Serbiya ligasining bosh derbisida jami 14 marta ishlagan. Bu mutlaq rekorddir. Tarixda hech qaysi hakamga asosiy o'yinni shunchalik ko'p ishonib topshirishmagan.

«Odatda OAVda beriladigan maqolalarni tahlil qilmayman, klublarning ishlariga ham alohida e'tibor qaratmayman, - degandi Majich mahalliy Blic nashriga bergan intervsida. - Kim bosimga dosh berolmasa, u maqtovga arziydigan natijalarga erisholmaydi. Buni hamma yaxshi biladi. Derbi esa bosimni engib o'tish salohiyatini sinovdan o'tkazish sahnasi hisoblanadi».

Milorad Majichning Serbiyadan tashqaridagi obro'si uncha baland emas. JCh-2014 serb hakami uchun ilk yirik turnir bo'ldi, biroq u mundialdan keyin katta e'tirozlar domiga tushdi. Xususan, Redcardtheref.com sayti uni Braziliya mundialining eng noshud hakami sifatida «e'tirof» etdi.

Saytning maxsus so'rovida 80 ming muxlis ishtirok etgandi. Majich guruh bosqichi doirasidagi o'yinda portugaliyaliklar g'azabini maksimal darajaga ko'tardi. Aniqrog'i, Germaniya - Portugaliya bahsidagi bir qator qarorlari shubhali chiqdi.

U avvaliga portugallar jarima maydonida Mario Gyottseni engil turtishganini penalti sifatida baholadi, keyin Tomas Myuller bilan janjallashgan Pepeni maydondan chetlatdi. Shu tariqa Portugaliya termasi mutlaqo ojiz qoldi.

G'azab otiga mingan Krishtianu Ronaldu esa o'yin-ning butun ikkinchi bo'limida serbiyalik hakamni maydon bo'ylab «quvish»dan charchamadi. Ayniqsa, Eder raqib jarima maydonida yiqilganidan keyin Majich penalti belgilashga jazm etmagach, jamoa etakchisi ochiq-oydin do'q-po'pisa urdi.

Agar Milorad bu vaziyatga e'tiborsiz qaramaganida, portugaliyaliklar o'yinni 9 kishi bo'lib tugatishga majbur bo'lishardi. Uchrashuvdan so'ng Portugaliya futbol federatsiyasi ham hakamlik yuzasidan rasmiy e'tiroz bildirdi.

«Hakam 2ta vaziyatda hafsalamizni pir qildi - penalti belgilagan va futbolchimizga qizil kartochka bergan holatlarni nazarda tutyapman, - dedi Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu. - Ha, o'zimiz ham xatolarga yo'l qo'ydik, ammo ko'p narsani birinchi bo'limda yuz bergan voqealar hal qildi.

U Pepeni chetlashtirishda, futbolchining avvalgi xatti-harakatlariga asoslandimi? Buni bilmadim. Lekin muayyan  o'yinda futbolchiga oldingi ishlari ta'sirida baho berish yaramaydi». 

Milorad Majichning Eron va Argentina terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yindagi hakamligiga ham e'tirozlar yangradi. Aniqrog'i, forslar uchrashuvdan so'ng referi ustidan FIFAga rasman shikoyat yozishdi.

Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush esa Majich uning jamoasini toza penaltidan mahrum qilganini kuyunib gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis yakunda faylasuflarga xos jiddiy savollarni o'rtaga tashladi: «Milorad bu oqshom qanday uxlaydi? Umuman, butun umri davomida vijdoni azoblanmasmikan?»

Milorad Majichga nisbatan ke-yingi e'tiroz ChLdan o'rin olgan «Atletiko» -  «Real» uchrashuvidan so'ng yangradi. «Hurmatni saqlagan holda aytaman, serbiyalik referini bunday o'yinlarga tayinlamaslik kerak ekan. Hakamlik ishi juda yomon bo'ldi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
19 May 2018, 08:00
ronaldu, yoqtirmas, referi, yoxud, echl, finalini, boshqaradigan, hakam, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Bosqinchi  
Hakam qancha yomon boʻlmasin sotilmagan boʻlsa boʻldi
19 May 2018, 08:57
 Jonipay1987  
Лекин уша ЖЧ да Португолия грухдан чикарди хеч булмаса Едерга пеналти берганда 1 йоки 2 гол етмай колувду. Акшда хам 4 уларда хам 4 очко эди
19 May 2018, 12:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads