Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Neymardan voz kechib, e'tiborini «PSJ»ning boshqa futbolchisiga qaratdi

"Real" klubi Neymar variantidan voz kechdi va "Pari Sen-Jermen"ning boshqa hujumchisiga o'z e'tiborini qaratdi.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi Neymar variantidan voz kechdi va "Pari Sen-Jermen"ning boshqa hujumchisiga o'z e'tiborini qaratdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es veb-sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" Kilian Mbappeni qo'lga kiritish haqida o'ylay boshlagan. Yosh frantsiyalik futbolchi madridliklarning bosh maqsadiga aylandi. Nashrning yozishicha, Neymarning "Real"ga o'tishi haqidagi doimiy gap-so'zlar "qaymoqranglilar" rahbariyatining maxsus rejasi bo'lib, bu orqali ular asl haqiqatni bekitishga urinishmoqda.

"Real" rahbariyatining taxminicha, "PSJ" moliyaviy halol o'yin qoidasi tufayli 19 yoshli futbolchini sotishga majbur bo'ladi. Bundan tashqari, parijliklarning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri bayonot berib, Mbappe o'tgan yilning yozida "Barselona" yoki "Real"ga o'tishni istagani haqida ma'lumot bergandi.

2017/18 yilgi mavsumda Kilian Mbappe barcha musobaqalar doirasida 46ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 16ta golga assistentlik qildi.

BestMaster
17 May 2018, 10:20
«real», neymardan, kechib, etiborini, «psj»ning, boshqa, futbolchisiga, qaratdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 Zofik  
Mbappe yaxshi variant
17 May 2018, 11:07
 Bosqinchi  
Bu toʻgʻri tanlov mbappe neymardanxam zoʻr boʻladi kelajakda
17 May 2018, 11:12
 uzbrm  
Qani endi otsa
17 May 2018, 12:34
 odilcr7  
Carcadim bu mish mish lardan.
17 May 2018, 13:27
 Jonipay1987  
Бу бошка гап энди. Бу бола Реал йоки Арсенал учун яаралган айникса Реалга ярашади
17 May 2018, 15:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads