Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Neymar «PSJ»da qolish uchun klub oldiga o'z talablarini qo'ydi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar "PSJ"da qolishi mumkin, agar jamoa uning talablarini bajarsa.

.
- Yuklab olish

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar "PSJ"da qolishi mumkin, agar jamoa uning talablarini bajarsa. "Barselona"ning sobiq o'yinichisi 3 nafar kuchli futbolchining Parijga kelishini istamoqda.

"PSJ" yangi bosh murabbiyi Tuxel oldiga aniq vazifa qo'yildi: Evropa chempionlar ligasi g'olibligi uchun kurashish. Neymar "PSJ"dagi ilk mavsumida jiddiy jarohat olgani bois, klub bu maqsadiga erisha olmadi. Tuxel hali rasman "PSJ" bosh murabbiy etib tanishtirilmasidan avval 26 yoshli futbolchi bilan uchrashishga ulgurgandi.

Braziliyalik futbolchini "PSJ"da ushlab qolish oson bo'lmaydi, boisi, unga "Real" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Shu bois, Neymar klub rahbariyati oldiga 3 nafar futbolchini sotib olish talabini qo'ydi.

Birinchidan, Neymarning rejasiga ko'ra, parijliklar darvozasini Tibo Kurtua qo'riqlashi lozim. "Chelsi" Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganidan keyin belgiyalik posbon Londonni tark etishga tayyor.

Ikkinchidan, "PSJ"ning markaziy chizig'i "Real" yarim himoyachisi Kazemiro bilan kuchaytirilish lozim. Braziliyalik futbolchiga "PSJ" xo'jayini Nossir al-Helayfiy anchadan beri qiziqib keladi. Qiziq fakt: Kazemiro so'nggi 4 yil davomida "Qirollik klubi" bilan Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichining birorta bahsida mag'lub bo'lmagan.

Uchinchidan, "Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti "PSJ"ga o'tishi kerak. Tovon puli 60 million evro bo'lgan frantsiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilmoqda.

BestMaster
16 May 2018, 21:00
neymar, «psj»da, qolish, uchun, klub, oldiga, talablarini, qoydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Zofik  
O'zing murabbiy bo'la qol Neymarjon
17 May 2018, 03:57
 uzbrm  
Shu bola ja dimog'i kotarilb ketyaptida
17 May 2018, 12:42
 Jonipay1987  
Бу нарсалар амалга ошмаслигини Неймар билади ва уни клуб куйиб юбориши аник
17 May 2018, 15:17
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads