Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yoaxim Lyov Rossiyaga borishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi

Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov mundialga borishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan variantini e'lon qildi. Shuni alohida aytib o'tish kerakki tarkibdan 1 yildan beri futbol o'ynamay kelayotgan Manuel Noyer ham joy oldi. Bundestim tarkibidan esa Mario Gyotze va Andre Shyurle, Serj Gnabry kabi futbolchilarni tushib qolganini alohida ta'kidlab o'tish joiz.

Darvozabonlar: Bernd Leno ("Bayer"), Manuel Noyer ("Bavariya"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("PSJ).

Himoyachilar: Jerom Boateng, Mats Hummels, Joshua Kimmix, Niklas Zyule (barchasi - "Bavariya"), Mattias Ginter ("Borussiya" Myunxengladbax), Yonas Xektor ("Kyoln"), Marvin Plattenxardt ("Gerta"), Antonio Ryudiger ("Chelsi"), Jonatan Ta ("Bayer").

Yarimhimoyachilar: Yulian Brandt ("Bayer"), Yulian Draksler ("PSJ"), Leon Goretska ("Shalke-04"), Ilkay Gyundogan, Leroy Sane  (ikkalasi - "Manchester Siti"), Sami Xedira ("Yuventus"), Toni Kroos ("Real"), Mesut Ozil ("Arsenal"), Marko Roys ("Borussiya" Dortmund), Sebastyan Rudi ("Bavariya").

Hujumchilar: Timo Verner ("RB Leyptsig"), Mario Gomes ("Shtutgart"), Tomas Myuller ("Bavariya"), Nils Petersen ("Frayburg").

Eslatib o'tamiz, amaldagi jahon chempionlari guruhda Meksika, Janubiy Korea va Shvetsiya bilan kuch sinashadi.

Bobojonov

BestMaster
15 May 2018, 17:10
yoaxim, lyov, rossiyaga, borishi, mumkin, bolgan, futbolchilarning, kengaytirilgan, royxatini, elon, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads