Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

XXI asrdagi eng kuchli murabbiylar. Top-5

Futbolda murabbiylarning o'rni juda ham katta. Aytish mumkinki, aynan mutaxassislar o'yinlarning jozibasini belgilab berishadi.

.
- Yuklab olish

Futbolda murabbiylarning o'rni juda ham katta. Aytish mumkinki, aynan mutaxassislar o'yinlarning jozibasini belgilab berishadi. Asrimizning eng kuchli murabbiylari reytingini tuzishga qaror qildik. Bu bizning shaxsiy qarashlarimiz bo'lib, sizda bu borada boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin.

5-o'rin. Otto Rekxagel



«Bu reytingni kim ochib berayapti?», — deb hayron qolmang. Bu murabbiy allaqachon o'zini dunyo tarixiga oltin harflar bilan yozib ketdi. Ha, bilganingizdek, hammasi Evro-2004 g'oliblari Gretsiya terma jamoasi murabiyyi haqida ketyapti. Ha, Otto Rekxagel janoblari deyarli bundan boshqa yirikroq yutuqqa erisha olmagan, lekin, uning nomini hamma futbol ishqibozlari yoddan chiqarmaydi. Portugaliya yashil maydonlarida uning falsafasiga tayangan jamoa ko'rsatgan qahramonlik futbol zarvaraqlariga butun umrga bitilajak.

4-o'rin. Karlo Anchelotti


Italiyalik murabbiyning yulduzli onlari baribir «Milan»ning Evropani dahshatga solgan paytlariga to'g'ri kelsa ajabmas. Chunki o'sha paytlari Evropada «Milan»ning oldiga hech kim tusha olmas edi. Karlo Anchelotti keyinchalik Evropananing bir necha top-klublarida faoliyat olib bordi. U Madridning «Real» jamoasini uzoq kutilgan chempionlikka ham boshlab bora oldi. Bir so'z bilan aytganda, Karlo ota yangi asrning eng ko'zga ko'ringan murabbiylaridan desak, adashmagan bo'lamiz.


3-o'rin. Joze Mourino

Ha, «benazir»ni bu reytingimizga qo'shmasak bo'lmas edi. Uning o'zi alohida mavzu desak ham bo'ladi. Mour «Portu» bilan Evropani ikki marta zabt etgach, o'z yurishini Angliyaga ko'chirdi. U erda yarim asr kutilgan chempionlikni ortiqcha transferlarsiz ham uddaladi. Keyin Italiyaga yo'l olib «Inter»ga «trebl» yutib berdi. So'ng, o'z faoliyatini Ispaniyada davom ettirdi. U erda ham «Barsa»dek gegemonga qarshi qiyin kechgan mavsumlarda rekord ochkolari bilan Ispaniya chempionligini qayt etdi. Keyin nima bo'lgani esa hammaga ayon. Biz nega uning natijalarini eslab o'tganimizni izohlab o'tsak. Mour jamoasi hech qachon chiroyli o'yin ko'rsatmagan. U shunchaki natija uchun o'ynagan. Eng qizig'i, futboldagi «avtobus» atamasi ham uning jamoalariga nisbatan ishlatiladi. Lekin, shuni tan olib aytish kerakki, Mourino yangi asrning futboliga o'z ta'sirini o'tkaza olgan shaxs hisoblanadi.

2-o'rin. Xosep Gvardiola


Ha, kutilganidek, futbolda inqilob qilgan shaxs reytingimizning ikkinchi o'rinida. Biz uning yutuqlariga to'xtalmadik. Biz uning futboldagi yangi erani boshlagani haqida qisqacha to'xtalamiz. Tan olib aytish kerakki, Ispaniya terma jamoasi uning epoxasida uzoq kutilgan g'oliblikka erishdi. So'ng esa Germaniya uning («Bavariya»da ishlayotgan paytida) o'yin falsafasidan foydalanib, g'oliblikka erishdi. Gvardiola so'zsiz yangi asrning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U futbol olamiga o'zidan nimadir qo'sha oldi. Oradan yillar o'tsa ham Gvardiola yaratgan o'yin falsafasi futbolning durdona asari bo'lib qolaveradi.

1-o'rin. Ser Aleks Fergyuson


Ha, bundan boshqacha bo'lishi mumkin ham emas edi. Dunyoning eng kibor murabbiylari ham «Boss» deb ataydigan tirik afsona hozirda futbol olamida yo'q. Uning o'rnini hammadan ham «qizil iblis»larninig millionlab muxlislari yurakdan sezishayotgan bo'lsa ajab emas. Dunyoga Bekxem, Ronaldu, Kantona singari fantastik yulduzlarni etkazib bergan janob, shubhasiz, sayyoramizning eng kuchli murabbiyi hisoblanadi. U «Manchester Yunayted»ni boshqargan paytlarda mankunianliklar erishishi mumkin bo'lgan jamiki sovrinlarni yutgan. Eng muhimi esa jamoaning dunyo futbolidagi o'rnini topib berdi va eng mashhur klubga aylantirishga muvaffaq bo'ldi. Hammamiz Fergi amaki davridagi «Manchester Yunayted»ning tajovuzkor va tartibli o'yinlarini sog'inyapmiz. Futbol olamida yana shunday murabbiylar chiqarmikan? Balki chiqar, balki chiqmas. Lekin Fergyussondek boshini mag'rur ko'tarib keksalik davriga etib kelgan murabbiy abadiy hammamizning yuraklarimizda qoladi…

Yahyoxo'ja ULUG'XO'JAEV

BestMaster
14 May 2018, 22:49
asrdagi, kuchli, murabbiylar, top-5,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 uzbrm  
Xa bu Murabiyga gap yoq
15 May 2018, 00:12
 Bosqinchi  
Bular orasiga Zidani qoʻshish vaqti keldi Zidan bu yilxam EChLni yutsa bu murabbiylar bilan tenlashib oladi oʻtibxam ketadi 1-2 dan
15 May 2018, 11:11
 tento  
zidane pepni gazini bergan otgan yli
18 May 2018, 07:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads