Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko» jangovar durang bilan tugadi

Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi "klasiko" musobaqa jadvali nuqtai nazaridan hech narsani hal qilmasdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi "klasiko" musobaqa jadvali nuqtai nazaridan hech narsani hal qilmasdi. Shunga qaramay, har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinga jangovar tarkibni tanlashdi.

Jamoalar o'yinni juda faol va tezkor gollar bilan boshlab berishdi. Dastlab qarshi hujum paytida Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto o'ng qanot bo'ylab yolg'iz oldinga o'tdi. Mehmonlar o'z jarima maydonchalari ichida Messini yopishdi, ammo Roberto ochilayotgan Suaresga to'pni etkazdi. Urugvaylik futbolchi aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o'tib hisob tenglashdi. Ronaldu chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirdi va tovoni bilan Kroosga uzatma berdi. Toni olis ustun tomondagi Benzemaga yuqoridan to'pni etkazdi. Karimning bosh bilan pasidan keyin Krishtianu yaqin masofadan darvozani zabt etdi!

Ushbu gollardan keyin o'yin tempi biroz tushdi. Shunga qaramay, gol urish uchun eng yaxshi vaziyatlar klublari etakchilarida bo'ldi. Modrichning uzatmasidan keyin Ronaldu raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Ter Shtegen oyog'i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Messi yakkama-yakka vaziyatga chiqqanida esa, Navas o'zini aldashga urinayotgan argentinalik futbolchining oyoqlari ostidan to'pni urib yuborishga muvaffaq bo'ldi.

Ammo birinchi bo'limning so'nggi daqiqalari asabbuzarliklar bilan yodda qoldi. Hakam bir necha marta cho'ntagidan sariq kartochkani chiqarishga majbur bo'lgan bo'lsa, qo'shib berilgan daqiqalarda "Barselona" himoyachisi Serji Roberto maydondan chetlatildi. Bir daqiqa avval esa Ernandes Garet Beylni maydondan chetlatishi kerak edi: Umtitining oyog'iga butsasining tishlari bilan tepgani uchun...

Ikkinchi taym boshida Valverde o'ng qanot himoyasiga Semeduni tushirgan bo'lsa, Zidan Ronalduni maydondan olib, Asensioni tushirishga qaror qildi. Mezbonlar bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga qaramay, ikkinchi bo'limni ancha faol boshlashdi va hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo'lishdi. Luis Suares chap qanotda Varan bilan to'p uchun kurash olib bordi va qoidani buzgan holda raqibidan to'pni olib qo'yib, oldinga o'tdi. Hakamlar fol qayd etishmadi. Urugvaylik futbolchi Messiga pas berdi. Leo raqibning ikki futbolchisini aldab, 16 metrlardan o'ta aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi — 2:1. Darvoqe bu goldan atigi bir necha soniyalar avval "Real" gol urish ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Qarshi hujum paytida Asensio raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Beylga uzatma bermadi va o'zi 14 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to'pni egallab olgandi... O'sha gap: "sen urmasang — senga urishadi".

Oradan ko'p o'tmasdan kataloniyaliklar o'yin taqdirini hal qilib qo'yishlari mumkin edi. Mezbonlar o'ta xavfli hujum tashkil qilishdi. Suaresning uzatmasidan keyin Semedu o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Paulinoga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchiga to'pga biroz eta olmadi va Navasga urilib ketdi.

"Ko'k-anorranglilar" asta-sekin himoyaga o'ta boshlashdi. Shunga qaramay, Messidan juda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Argentinalik futbolchi  deyarli maydon markazidan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Keylor Navas to'g'ri pozitsiya tanlagani uchun ajoyib seyv namoyish qildi!

Oradan 2 daqiqa o'tib hisob tenglashdi. Jarima maydonchasi ostonasi tomon ochilayotgan Garet Beylga Asensio chiroyli uzatma berdi. Beyl to'pni to'xtatmasdan 18 metrlardan aniq zarba berdi. Ter Shtegen ojiz qoldi. 2:2! "Sen urmasang — senga urishadi.

Bahsning 76-daqiqasida hakam yana bir qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Xordi Alba o'z jarima maydonchasi ichida Marseloni chalib yiqitdi. Ammo Ernandes penalti bermadi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida "Barselona" g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Messi tomonidan yo'llangan bitta zarbaga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda Navas qutqardi.

Shu tariqa, bu galgi "klasiko" jangovar durang bilan yakunlandi. Hakam esa har ikkala jamoa zarariga 2tadan qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bitta o'yin uchun 4ta qo'pol xato — bu haddan tashqari ko'p.

"Barselona" ushbu mavsumda mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini davom ettirgan bo'lsa, "Real" 2-o'rinda borayotgan "Atletiko"ga yaqinlashib olish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ispaniya La ligasi, 36-tur
Barselona – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).
Chetlatish: Serji Roberto (45).

BestMaster
7 May 2018, 01:59
«el-klasiko», jangovar, durang, bilan, tugadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 uzbrm  
Kotiga eshak siksin bu hakamdi
7 May 2018, 15:01
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads