Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Barselona” – “Real”: Taxminiy tarkiblar

4 may sanasida futbol bo'yicha Ispaniya La Ligasining 36-tur bellashuvlari boshlandi.

.
- Yuklab olish

4 may sanasida futbol bo'yicha Ispaniya La Ligasining 36-tur bellashuvlari boshlandi.

Turni «Sevilya» — «Real Sosedad» uchrashuv ochib berdi. O'yin 47-daqiqada Ever Banega tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga «Sevilya» foydasiga hal bo'ldi.

Kecha, 5 may kuni tur doirasida yana bir nechta uchrashuv bo'lib o'tdi. Jumladan, «Vilyarreal» o'z maydonida «Valensiya»ga qarshi kurash olib bordi. Mezbonlar 86-daqiqada Mario Gaspar tomonidan kiritilgan gol evaziga g'alabani qo'lga kiritdi.

Turning markaziy uchrashuvi esa bugun «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi. Unda muddatidan avval chempionlikka erishgan «Barselona» azaliy raqibi «Real»ga qarshi kurash olib boradi. «El-Klasiko» Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Uchrashuv Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

«Barselona»ning ushbu o'yinga qaydnomasi.

«Real Madrid»ning ushbu o'yinga qaydnomasi.

Jamoalarning bugungi o'yin uchun taxminiy tarkbilari.

Uchrashuvlar tarixi

Ikki klub o'zaro 198 ta uchrashuvda to'qnash kelgan. Shularning 83 tasida «Real», 77 tasida «Barselona»ning qo'li baland kelgan. 38 bahsda durang qayd etilgan. Gollar urish borasidagi ustunlik ham madridliklar tomonida —311:328. Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 25 bahsning 22 tasida 3 tadan ko'proq gol kiritilgan.

Uchrashuv hakami — Ernandes Ernandes

Bugungi o'yinni Ernandes Ernandes boshqaradi. Mazkur hakam amaldagi mavsumda «Barselona» va «Real» ishtirokidagi 3 tadan o'yinni boshqargan

«Barselona»

«Eybar» — «Barselona» 0:2. 3 sariq, 1 qizil

«Barselona» — «Selta» 5:0

«Barselona» — «Eybar» 6:1. 2 sariq

«Real»

«Real» — «Real Sosedad» 5:2. 3 sariq

«Jirona» — «Real» 2:1. 3 sariq

«Real» — «Levante» 1:1. 5 sariq, 1 qizil

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

«Barselona» bu mavsumdagi eng sermahsul jamoa — 87 ta gol.

«Barselona» La Ligada so'nggi 41 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi.

«Barselona» so'nggi 7 turda ikkitadan ko'proq gol kiritdi.

«Barselona» mavsumda 21 gta ol o'tkazib yubordi.

«Barselona» mavsumda o'z maydonida 8 ta gol o'tkazib yubordi.

Leo Messi ayni damda chempionatning to'purari — 32 gol.

«Barsa» va «Real» 2002 yildan keyin biror marta ham 0:0 hisobini qayd etmagan.

So'nggi 8 «El-Klasiko»ning 5 tasida mehmon jamoaning qo'li baland kelgan.

«Real» so'nggi 6 safar uchrashuvlarida 15 gol kiritgan.

Amaldagi mavsumda «Barselona»ning Leo Messi, Luis Suares va Usmon Dembeledan iborat uchligi «Real»ning triosi — Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan 6 ta gol ko'p kiritgan.

«Real» bu mavsum safarda 16 uchrashuv o'tkazdi va 10 tasida g'alabaga erishdi. 34 ta gol urib, 17 ta gol o'tkazib yubordi.

«Real» joriy mavsum safardagi 4 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

La Liga

36-tur bellashuvlari

4 may, juma

«Sevilya» — «Real Sosedad» 1:0

Gol: 1:0 — 47, penalti Ever Banega.

5 may, shanba

«Jirona» — «Eybar» 1:4

Gollar: 0:1 – 9 Kike, 0:2 – 38 Kike, 1:2 – 55 Aday, 1:3 – 80 Jordan, 1:4 – 89 Inui.

«Atletik B» — «Betis» 2:0

Gollar: 1:0 – 76 Muniain, 2:0 – 90 Aduris.

«Selta» — «Deportivo» 1:1

Gollar: 1:0 – 13 Maksi Gomes, 1:1 – 90 Peres.

«Vilyarreal» — «Valensiya» 1:0

Gol: 1:0 — 86 Mario Gaspar.

6 may, yakshanba

«Malaga» — «Alaves» 15:00

«Atletiko M» — «Espanol» 19:15

«Las-Palmas» — «Xetafe» 21:30

«Barselona» — «Real Madrid» 23:45 Futbol-TV

BestMaster
6 May 2018, 17:09
“barselona”, “real”, taxminiy, tarkiblar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads