Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Real" "Barselona"ga chempionlik yo'lagini tashkil etmaydi

Зидан обвинил "Барселону" во лжи

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bavariya"ga qarshi o'yndan so'ng jamoaning xolati haqida:

"Biz bunday o'yinlarga tayyor edik va yakunda yaxshi natija qayd etdik. Jamoa "Klassiko"ga tayyor."

Iniestaning so'nggi "Klassiko"si:

"Iniesta futbolchi sifatida ham inson sifatida ham yaxshi. Men uni ajoyib futbolchilik karerasi bilan tabriklayman va uning kelajagiga omadlar tilab qolaman".

Chempionlik yo'lakchasi haqida;

"Barchasi men sabab boshlanmadi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionligimizdan so'ng "Barselona" biz uchun yo'lakcha hozirlamadi. Va ular aytishdiki biz yo'lakcha tashkil etmaymiz, chunki biz KJCH ishtirok etmadik -  safsata!. KJCHda Chempionlar Ligasini yutgan jamoa ishtirok etadi. Biz raqiblarni xurmat qilamiz, ammo ularga chempionlik yo'lagini tashkil etmaymiz. Eng asosiysi biz "Barsa"ni xurmat qilgan holda chempionlik bilan tabrikladik."

Chempionat muhimmi yoki Chempionlar Ligasi:

"Men butun xayotim davomida shuni takrorlab kelmoqdaman milliy chempionatni yutish murakkab, Chempionlar Ligasiga qaraganda."

"Barselona"ga qarshi rotatsiya:

"Bu o'yin turnir jadvalidagi hech qanday vaziyatni o'zgartirmaydi, biroq biz yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Agarda futbolchida qandaydir muammo bo'lsa maydonga tushmaydi. Varan va Isko? Aslida ular Barselonaga borishga tayyor."

Bobojonov

BestMaster
5 May 2018, 22:20
zidan, real, barselonaga, chempionlik, yolagini, tashkil, etmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bosqinchi  
Yasha Zidan zoʻr gapiribsan isconi tushur
6 May 2018, 07:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads