Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbolchilar mashinalarga qiyoslanganda! (foto)

Ichimizda «Transformerlar» haqida kinolar antalogiyasini ko'rmagan odam topilmasa kerak.

.
- Yuklab olish

Ichimizda «Transformerlar» haqida kinolar antalogiyasini ko'rmagan odam topilmasa kerak. Bugun qo'limizdan kelgancha futbolchilarni mashinalarga qiyoslashga urinib ko'ramiz. Qani ketdik, bo'lmasa!

Aren Robben  — «Kabriolet»

O'xshashlikni qarang, «Kabriolet»ning ham usti yo'q, Robbening ham boshida sochi… Ha, mayli.

Piter Krauch –«Limuzin»

Menimcha, izohga hojat yo'q!

Riberi — «Porshe»

Ulardagi o'xshashlik: ikkisi ham qisqa masofaga tezlik olishda va tezkor burilishlarda juda qulay!


Pogba –«Audi A6»

Pogbaning o'rtacha tezligi, baquvvat tanasi va jismoniy etukligi shu mashina modeliga o'xshab ketadi.

Muhammad Saloh — «Yaguar»

Bu markaning qolgan mashinalardan bitta o'zgacha tomoni bor. U ham Saloh singari kamyoblar sirasiga kiradi.

Serxio Ramos — «Mersedes»

Ramos ham aynan shu mashina singari jangovar o'yinchilar sirasiga kiradi. Bu mashina o'zining ishonchli ekanligi bilan nom qozongan, xuddi Elkapitano singari.

Zlatan Ibrahimovich — «Hammer»

Ibrahimovichga boshqacha mashina mos kelmasdi!

Neymar — «Lamborjini»

Neymarning jozibali o'yiniga jozibali Lamborjini yarashadida!

Messi — «Ferrari»

Dunyoning eng mashhur o'yinchisiga, eng mashhur mashina brendi! Tezlikda ikkisi ham benazir.

Krishtianu Ronaldu — «Bugatti Veyron»

CR7 — o'zgacha yigit. Kiyinishi ham, soch turmagi ham, hamma-hammasi o'zgacha. Bugatti ham ayni u bop desam adashmagan bo'laman.

Mirjalol Qosimov — «Malibu»


Aslida Mirjalol Qosimovni vertolyotga qiyoslasak ham bo'lardi, lekin qonun barchaga barobar. Qisqacha qilib aytganda: Milliy mahsulot — milliy g'urur!

Yahyoxo'ja ULUG'XO'JAEV

BestMaster
4 May 2018, 23:40
futbolchilar, mashinalarga, qiyoslanganda!, foto,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 uzbrm  
Gapyo lekin
5 May 2018, 00:49
 Jonipay1987  
Зур
5 May 2018, 13:28
 Zofik  
Zo'r
5 May 2018, 14:28
 umarov  
ajoyib
5 May 2018, 15:18
 odilcr7  
Shu bahona mashinalarni tanib oldim
5 May 2018, 22:37
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads