Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Mukammal kamchilik»: «Real»ning finalga chiqishi va Evropa futbolidagi yangi tendentsiya haqida

Bugungi o'yinda kim yutishidan qat'i nazar, menimcha, finalda favorit «Real» bo'ladi.

.
- Yuklab olish

Bugungi o'yinda kim yutishidan qat'i nazar, menimcha, finalda favorit «Real» bo'ladi. Agar kutilmagan holat ro'y bermasa, madridliklar qatorasiga uch bor Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lishlari, so'nggi besh yilda to'rtinchi marotaba bu sovrin egasiga aylanishlari mumkin. So'nggi besh yilda to'rt marta. Dahshat-a?

Elliginchi yillarda o'sha Di Stefanoning «Real»i besh yil qatorasiga Chempionlar kubogini yutgannini bilamiz, bugundan turib qaraganda, Qirollik klubining o'sha davrlarda butun Evropani zir titratgan gigemon sifatida tasavvur qilib kelganmiz. Agar masalan, 2048 yildan turib, o'ninchi yillar o'rtalariga nazar tashlasag-u, besh yilda to'rt marta finalni yutgan «Real»ni ko'rsak, xuddi o'sha tasavvurga uyg'otsa kerak, nazarimda.

Lekin bilasizmi, bugun, mana shu jarayonning ichida turib, «Real»ning boshqalardan yaqqol ustunligini ajrata ololmaymiz. Bu jamoa besh yilta to'rt marta Chempionlar Ligasini yutishga loyiqmi, degan savol paydo bo'laveradi, negadir. 

Qiziq. Shuning uchun ham qanaqadir qonuniyat qidiramiz. «Real» kuchsiz jamoalarga to'g'ri keldi, degandik o'tgan yili, mana, kuchli beshlik chempionlari navbati bilan ojiz qoldirilishdi. Zidan omadli murabbiy ekan deb nimadir isbotlamoqchi bo'lamiz, ammo so'z topa olmaymiz. Hakamlarning doimiy tarzda madridliklarga madadi haqida gaplar paydo bo'ladi. Qo'ysangizchi! Bilasizmi, Chempionlar Ligasida g'olib bo'lgan har qanday jamoani ayting, o'sha mavsumda uning foydasiga qilingan hakam xatosini topib beraman. Ishonavering, bo'lib turadi. Baribir yana o'sha yuqoridagi savolga qaytib qolaveramiz – balki, «Real» biz o'ylagandan, o'sha besh yilda to'rt marta g'olib bo'ladigan qandaydir xayoliy jamoadan ancha kuchsiz ko'rinayotgani tufayli ko'nglimiz to'lmayotgandir?

Balki bu savol umuman kerakmasdir? Aslida esa, mana shunday xayoliy jamoa bo'lishi shartmi o'zi? Chempionlar Ligasi g'olibi hammadan yaqqol kuchli bo'lgan, o'z o'yini va kombinatsiyalari bilan hammaning esida qoladigan jihatiga ega bo'lishi shartmikin?

Ronaldu ikki metr masofadan osmonga qarab tepganida, Navas Tolissoning juda xavfli zarbasini maydon tashqarisiga chiqarib yuborayotganda, o'z maydonida o'ynab turib ham, o'yin oxirlarini faqat vaqtni cho'zishga sarflab, yana shu jamoa finalda favorit deb e'tirof etilayotganda, men bir narsani o'ylab qoldim - kelinglar, bir-birimizni tabriklaylik – futbol o'zgarmoqda. So'nggi yillarda Evropada eng ko'p sovrin yutayotgan jamoaning bugungi holati va muammolari futbol yana asr boshidagi jozibasiga qaytayotganini isbotlayotgandek bo'laveradi.
 
Pep Gvardiolaning «Barselona»sidan keyin Joze Mourino «Real»ni xuddi o'sha darajaga chiqarishga urinib ko'rdi va qisman uddasidan chiqdi. O'sha paytlarda Germaniyada «Bavariya» paydo bo'ldi va ispan grandlariga qarshilik qila oladigan kuchga aylandi. Bu shunday top daraja ediki, har bir chiziqda dunyoning eng yaxshi yulduzlari to'p surishardi. Bu shunday daraja ediki, bu jamoalar bir mavsumda kecha «Real» va «Bavariya» futbolchilari yo'l qo'ygan xatolarning yarmini ham qilmas edilar. O'ng qanot himoyasida kim – dunyoning eng zo'r o'ng qanot himoyachisi Dani Alvesh. Chap qanotdachi? Vah, Marselo, unga yaqinlashib bo'lmaydi. Dunyoning eng zo'r darvozaboni kim? Manuel Noyer! Keyin Messi, Ronaldu, Levandovski va hokazo...

Besh yil oldingi Chempionlar Ligasini eslang. G'olib chiqish uchun yo haqiqiy ma'noda top klub bo'lishingiz (Bavariya, Real, Barselona) yoki qahramonlik ko'rsatishingiz (Inter, Chelsi) kerak bo'lardi. Hech qachon EChL g'olibiga nisbatan ishonchsizlik bo'lmagan – yo «qoyil, zo'r o'ynadinglar» yoki «malades, zo'r qildinglar» deyilardi.  
 
Evropa futbolida favoritlar shu darajada «top»lashdilarki, Parij ularga tenglashish uchun milliardlarni sarfladi, «Manchester Siti» ularga tenglashaman deb, Pep Gvardiolani olib kelish bilan qanoatlanmay, deyarli har chiziqqa ikkitadan futbol yulduzini olib kelishga urindi. Va...

«Real»ning ichki chempionatda katta muammolarga duchor bo'lib turib ham, finalga chiqqani ularning nihoyat vaziyatni o'nglab, kuchayganliklarini yoki bor e'tiborni bir musobaqaga qaratganliklarini anglatmaydi, nazarimda. «Real» o'sha mavsum boshidagi «Real», faqat shu holatda ham Evropada finalga chiqishning mumkin bo'lib qolgani, boyagi supertopklub falsafasini cho'ktirishni boshladi. 

Paradoksni qarangki, aynan shu g'oya bilan tashkil etilgan bugungi «Real» aksini isbotlamoqda – Evropada favorit yo'q. 

Paradoksni qarangki, so'nggi besh yilda to'rtinchi marotaba finalga chiqayotgan «Real» isbotlayapti, Evropada favorit yo'qligini...

Nafaqat «Real», balki «Liverpul», «Roma», «Yuventus» kabi jamoalar Chempionlar Ligasi o'sha eski, biz ko'proq sevgan maqomga, har qanday jamoa o'zining kamchiliklari-yu, muammolari, biroz omad-u qahramonliklari bilan yutish mumkin bo'lgan davrga qaytarayotgandek. 

Menimcha, bu tendentsiya yana davom etadi. «Bavariya» yangi murabbiy tayinladi va bir qator etakchilari bilan xayrlashib, avlodlar almashinuvi arafasida turibdi. «Real» allaqachon bu davrga etib kelgan. «Barselona» Inestasiz endi nihoyat boshqa «Barselona»ga aylanadi. Italiya va Angliya jamoalariga ishonch qaytdi...

«Portu» Chempionlar Ligasini yutgan, «Panatinaikos» yoki «Lids» yarim finalda o'ynagan va bundan hech kim hayron bo'lmagan paytlar qaytayotgandekmiz.  Messi va Ronalduning navbati bilan erishayotgan rekordlarini tomosha qilish qiziq bo'ldi, biz bu haqida nevaralarimizga aytib berarmiz, balki ular o'sha biz elliginchi yillardagi Di Stefanoning «Real»iga og'zimizni ochib xavas qilganimiz singari to'lqinlanib ketarlar, bilmadim. Ammo shuni aniq bilamanki, biz ayni paytda bundan zerikdik. 

Butun o'yin davomida hech narsa ko'rsata olmay so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketgan «Manchester Yunayted», faqatgina taktika hisobiga «drim tim» hisoblangan jamoaga finalda to'rtta gol urgan «Milan», bir taymga uyg'onib, hammasini ostin-ustun qilgan «Liverpul», asosiy yulduzi Oliver Kan bo'lgan «Bavariya»... Va boshqalar... Qizig'i, ularning sovringa loyiq yoki loyiq bo'lmagani haqida o'shanda ham, hozir ham umuman o'ylab ham ko'rmagan ekanmiz. Bu shunchaki futbol ekani, bu erda mukammallik qidirish kerakmasligini-yu, joziba umuman boshqa jihatlardaligini eslash payti keldimikin...

Kechagi hal qiluvchi gollar o'rganib qolganimiz Ronaldu tomonidan emas, yilning eng ko'p tanqid qilingan o'yinchisi tomonidan urilgani ham shunga ishora bermoqda.

Xa, kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida uchta emas, o'nta da'vogar bor. Uchta emas, o'nta jamoa finalga chiqa oladi, chunki Lukas Vaskesni o'ng qanot himoyasida o'ynatib ham buni amalga oshirish mumkin endi...

BestMaster
2 May 2018, 19:00
«mukammal, kamchilik», «real»ning, finalga, chiqishi, evropa, futbolidagi, yangi, tendentsiya, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 baxitjan1301  
Dahshat-a?
2 May 2018, 19:08
 Zofik  
Daxshat! Gap yo'q!
2 May 2018, 19:27
 Jonipay1987  
Зур чикибди гап йук
2 May 2018, 21:02
 tento  
klass
3 May 2018, 08:21
 el_kapitano  
super
4 May 2018, 01:41
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads