Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. “Real Madrid” finalda o'ynaydi

Evropa chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Bavariya” uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Bavariya” uchrashuvi yakuniga etdi.

Keskin kurashlar va tezkor gol bilan boshlangan o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Ushbu natija esa “qirollik klubi”ni musobaqa finaliga chiqishi uchun etarli bo'ldi. Madridliklar Myunxendagi dastlabki bahsda 2:1 hisobida zafar quchishgandi.

Dastlab, Joshua Kimmix mezbonlar darvozasiga tezkor gol urdi. 3-daqiqaning o'zida “Real” darvozasi ishg'ol etildi. Ammo Benzema tezkor golga tezkor javob qaytardi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishida “Real” va Benzema “Bavariya” darvozabonining xatosidan unumli foydalanib hisobda oldinga chiqib oldi. 63-daqiqada Xames sobiq jamoasiga gol urib, uni nishonlamadi. Shu tariqa, o'yin durang bilan yakunlandi va “Real” ketma-ket uchinchi mavsum EChL finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Madridliklar bundan avvalgi ikki finalda ham g'olib chiqishgan edi.

EChL, yarim final. Javob bahsi.

“Real Madrid” – “Bavariya” 2:2.

Gollar: Benzema (11, 46), – Kimmix (3) Xames (63).

“Real Madrid”: Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio, Kovachich (Kazemiro, 73), Kroos, Benzema (Beyl, 72), Ronaldu.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso (Vagner, 75), Kimmix, Xames (Martines, 84), Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Modrich (62), Vaskes (65), Kazemiro (87)

Dastlabki uchrashuv: 2:1.

BestMaster
2 May 2018, 01:49
“real, madrid”, finalda, oynaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 odilcr7  
realga omad
2 May 2018, 01:54
 Jonipay1987  
Баварияга койил айникса Юп Хайнкесга жуда зур мураббий экан
2 May 2018, 01:57
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads