Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yodingizdan ko'tarilmadimi? Bugun Madridda katta o'yin bor

Bugun, 1 may kuni Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o'rin olgan eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish
Bugun, 1 may kuni Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o'rin olgan eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi.
 
Madridda “Real” Germaniyaning “Bavariya” klubini qabul qiladi. Jamoalarning dastlabki bahsdagi natijasidan xabaringiz bor. “Real” Kimmixning birinchi bo'lib urgan goliga Marselo va Asensioning goli bilan javob qaytarib, safarda g'alaba qozongan edi.
 
Bugun esa yana ikki buyuk jamoa o'rtasida buyuk to'qnashuv bo'lib o'tadi. Ko'pchilik futbol mutaxassislari bugungi o'yinda ikki jamoa ham gol urishini taxmin qilishmoqda. Balki mutaxassislar adashmagan bo'lishi mumkin.
 
Tabiiyki Zidan shogirdlari “Barselona” chempionligidan so'ng albatta, EChLda yana g'olib chiqishga harakat qiladi. Xaynkes jamoasi esa mamlakat chempionligi bilan birga EChL bosh sovrinini olishni maqsad qilgan. Bir so'z bilan aytganda bugungi o'yin avvalgilaridan qiziqroq va raqobatga boy bo'ladi. Mehmonlarga finalga chiqishi uchun bitta gol kifoya. “Real” esa aynan shu bitta golni o'tkazib yubormaslik va o'zi ham qarshi hujumlarda oldinga intilishda astoydil harakatlanadi. O'yinni o'tkazib yubormasdan ko'rish uchun albatta, bir nechta sabablar bor.
 
Evropa Chempionlar ligasi, yarim final.   Javob uchrashuvi.   Bosh hakam: Jyunayt Chaqir (Istanbul, Turkiya)   23:45. “Real Madrid” – “Bavariya”   Dastlabki uchrashuv: 2:1.
BestMaster
1 May 2018, 23:19
yodingizdan, kotarilmadimi?, bugun, madridda, katta, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Баварияга 1 гол кифоя килмайди ва шундай буляпти халиям Рони аяди Баварияни
2 May 2018, 00:57
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads