Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yupp Xaynkes: «Umid qilaman, o'yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qiladi»

«Bavariya» bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan javob bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

«Bavariya» bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan javob bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hakamlar haqida
«Umid qilaman, hakam o'yinni xolis va baxato boshqaradi. O'yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qilishidan umidvorman».

«Real»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yinlar seriyasi haqida
«Madrid»ga qarshi o'yinlarda necha marta mag'lubiyatga uchraganimiz ahamiyatga ega emas, sababi men bungacha «Bavariya» bosh murabbiyi emasdim. Ertaga boshqa o'yin bo'ladi. Qolgani muhim emas. Bu biz uchun qiyin o'yin bo'ladi, shuningdek, «Real»ga ham. Uchrashuv muhiti qaynoq bo'ladi, ammo futbolchilarim katta tajribaga ega. Biz amaldagi chempionga qarshi o'ynaymiz, shu bois, remontadani amalga oshirish yanada qiyinroq bo'ladi. Ular muhim o'yinlarda yaxshi o'ynashga ko'nikishgan, ammo biz murakkab raqib bo'lamiz. Sababi, biz shunday o'yinlarda ulg'ayamiz. Finalga chiqishni istaymiz. Futbolda tog'ni qayirish mumkin. Biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz».

Muhim vaziyat haqida
«Birinchi o'yinga nisbatan samaraliroq harakat qilishimiz kerak edi. Myunxendagi o'yinda ular 3ta vaziyat yaratib, ikkita gol urishdi. Mavsum davomida ko'plab gollar uryapmiz. Shu tomonlama biz ajralib turibmiz. Bu hammasidan muhimroq».

Qo'rquv haqida
«O'z jamoamga ishonaman. Balansni topishimiz va har bir vaziyatda nima qilish kerakligini bilish uchun xotirjamlikni saqlashimiz lozim».

Penaltilar seriyasi haqida
«Buni ham mashq qilishimiz kerak, lekin o'yinda senga ko'p narsalar ta'sir ko'rsatadi: bosim, muhit, asablar... Lekin 2012 yildagi kabi voqea sodir bo'lsa, bu men uchun ahamiyatga ega bo'lmaydi».

«Real» va Chempionlar ligasi
«Ular Chempionlar ligasida g'olib chiqishga ko'nikishgan. Buning uchun katta mahorat va yaxshi tarkibga ega bo'lish kerak. Bundan tashqari, ba'zi vaziyatlarda va hakamlar borasida omad ham kulib boqish kerak…».

BestMaster
1 May 2018, 11:29
xaynkes, «umid, qilaman, oyin, taqdirini, hakamlar, emas, futbolchilar, qiladi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Zofik  
Realga omad
1 May 2018, 12:05
 el_kapitano  
qo'toqni yevordida bu nemislar
1 May 2018, 12:32
 Jonipay1987  
Сен яхши мураббийсан Хайнкес лекин 2012 йилдаги уйин учун жавоб бериш вакти келди. Буни кайтар дунйо дейдилар
1 May 2018, 21:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads