Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Biz "Bavariya"dan qo'rqmaymiz

Зидан: "Мадрид" не обосрётся"

"Bavariya" haqida:

"Bavariya" - tarixiy jamoa, ularga qarshi biz ajoyib o'yin ko'rsatishimiz kerak. Biz bilamiz bu o'yin oson kechmaydi, lekin bunga tayyormiz. Bunday o'yinlarda favorit bo'lmaydi. Uchrashuv o'tgan mavsumdagiga qaraganda oson bo'lmaydi."

Motivatsiya:

"Bunday o'yinlarda har bitta futbolchi o'ynashni istaydi. Biz jismoniy yaxshi jismoniy xolatdamiz va uchrashuvni o'tkazishga tayyormiz. Har doim motivatsiyasi o'ynash qiyin bo'ladi. Bunday o'yinlarda ayniqsa yarimfinalda biz 150% tayyormiz. Men jamoamga qanday so'zlar bilan ruhlantirganim haqida aytib o'tmoqchi emasman. Hammasi kiyinish xonasida qoldi. Men futbolchilar bilan suhbatlashishni juda yaxshi ko'raman."

Ga'labalar kaliti haqida:

"Real Madrid" - klub hech qachon plankani pastga tushirmaydi. Bu jamoaning DNKsi va siz buni klub tarixidan kelib ham bilib olishingiz mumkin. Bu faktor jamoani top saviyada ushlab turmoqda. Bizni qiyin baxs kutmoqda, aytib o'tish kerakki hal qiluvchi o'yin, biroq biz bunday saviyadagi o'yinlarda qatnashishdan xursandmiz."

Ronaldu haqida:

"Biz Krishtianu Ronaldu haqida bilamiz. Umid qilaman unda hammasi joyida. Biz endigina Chempionlar Ligasi yarimfinalidamiz va hali turnirni yutish haqida o'ylashga erta."

Ramos haqida:

"Serhio Ramos - bizning sardor va lider va u bu ro'lni hammadan yaxshi qilib bajaradi.

Yupp Xaynkes haqida:

"Yupp - men xurmat qiladigan murabbiylardan biri."

"Bavariya" haqida:

"Myunxenliklar qanotlarda juda kuchli. Qolaversa o'yinni nazorat qilish ularda kuchli va ularga bu borada o'z o'yinini qilishga imkon bermasligimiz kerak. Bu juda muhim."

O'yin oldi xissiyotlar:

"Biz ulardan qo'rqmaymiz. Qaytanga bu uchrashuvda o'ynashdan xursandmiz."

Xames haqida:

"Xames ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istadi. Uni ketishini xohlamagan edim. Lekin u bilan o'rtamizda hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan. Xames bu o`yinga yuqori ruhda tayyorlanganligi aniq. Undan syurprizlar kutyapman. Chunki u ko'p narsani isbotlashga harakat qiladi".

Bobojonov

BestMaster
25 Aprel 2018, 15:50
zidan, bavariyadan, qorqmaymiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads