Ispaniya chempionligi uchun kurash "Barselona"ga boy berilganidan so'ng "Real" rahbariyati tarkibni qayta qurish haqida o'ylamoqda.
Don Balon xabariga ko'ra, madridliklarning 2018 yil yozidagi asosiy transfer nishoni - "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh bo'ladi.
Misrlik 25 yoshli futbolchi uchun "Real" prezidenti Florentino Peres 200 million evrodan voz kechishga tayyor.
Muhammad Saloh bu mavsumda 33 o'yinda 31 ta gol urib va 9 ta golga to'p oshirib, APLning eng yaxshi o'yimnchisi nomiga sazovor bo'ldi.