Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Ronaldu «Real»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Bilbaoning "Atletik" klubi ushbu mavsumda "Real"ga qarshi 2ta o'yinda ham yutqazmadi.

.
- Yuklab olish

Bilbaoning "Atletik" klubi ushbu mavsumda "Real"ga qarshi 2ta o'yinda ham yutqazmadi. Basklar bu safar Madridda g'alaba qozonishlari ham mumkin edi, agar so'nggi daqiqalarda Zidan jamoasi hisobni tenglashtirmaganida...

Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasida jamoalar bittadan qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. San-Xose yakkama-yakka vaziyatda yo'llagan zarbani Keylor Navas qaytargan holda, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ronaldu bosh bilan bergan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytdi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Inyaki Uilyams hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Chiroyli uzatmadan keyin hujumchi birga-bir vaziyatga chiqdi va to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi.

Keyin daqiqalarda asosiy planda "Atletik" posboni Kepa Arrisabalaga bo'ldi. U raqibning bir nechta zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida mehmonlar ustunlikni mustahkamlashi mumkin edi. Oskar De Markos "Real" jarima maydonchasi ichida bergan zarbani Karvaxal qaytargan bo'lsa, Raul Garsiyaning zarbasi to'singa tegib qaytdi.

Madridliklar so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba berdi. Ronaldu esa darvozaga teskari turgan holda to'p yo'nalishini biroz o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi. Natija Arrisabalaga zarbani qaytara olmadi — 1:1.

La liga jadvalida 4-o'rinda borayotgan "Vvalensiya", kutilmaganda, o'z maydonida "Xetafe"ga yutqazib qo'ydi — 1:2. Natijada "Real" valensiyaliklar bilan oradagi farqni 3 ochkoga etkazdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Atletiko" hamshaharlari bilan farqni 6 ochkoga etkazish imkoniyatiga ega.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Espanol – Eybar 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Lomban.
Espanol – Lopes, Lopes, Lopes Silva, Ermoso, Karikol, Darder, Sanches, Sanches (Melendo, 67), Pyatti (Garsiya, 46), Moreno, Baptistao (Mark Navarro, 79).
Eybar – Dmitrovich, Kapa, Paulu Oliveyra, Lomban, Xose Anxel, Eskalante, Dani Garsiya (Diop, 85), Leon, Jordan, Ivan Alexo (Junka, 90), Penya (Kike, 80).
Ogohlantirishlar: Ermoso (33), Lopes (51), Sanches (56), Kapa (57), Diop (90).

Valensiya – Xetafe 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 16 Remi, 0:2 – 49 Remi, 1:2 – 69 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Montoyya, Garay, Murilo, Gayya, Pereyra (Ferran Torres, 61), Parexo, Maksimovich (Soler, 61), Gonsalu Gedesh, Vetto (Rodrigo, 61), Dzadza.
Xetafe – Guaita, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Kabrera, Portilo (Mora, 76), Flamini, Fajr, Dediu (Antunesh, 90), Molina, Remi (Alvaro, 62).
Ogohlantirishlar: Remi (62), Dakonam (70), Alvaro (70), Kabrera (74), Gayya (78), Molina (87), Suares (89), Antunesh (90).
Chetlatish: Parexo (86).

Real Madrid – Atletik 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 Inyaki Uilyams, 1:1 – 87 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Vaskes, Kroos, Modrich, Asensio (Isko, 69), Benzema (Beyl, 69), Ronaldu.
Atletik – Arrisabalaga, De Markos, Nunes, Martines, Balensiaga, Iturraspe, San Xose, Inigo Lekue (Susaeta, 79), Raul Garsiya, Kordoba (Muniain, 70), Inyaki Uilyams (Aduris, 85).
Ogohlantirishlar: Inyaki Uilyams (39), Vaskes (45), Iturraspe (61), De Markos (84), San Xose (89), Karvaxal (90).

BestMaster
19 Aprel 2018, 06:30
liga, ronaldu, «real»ni, maglubiyatdan, qutqarib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads