Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Buzakka - Buffonnga: "Qaror chiqarish uchun hakamga bir soniyadan kamroq vaqt beriladi"

FIFA hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzakka "Yuve" darvozaboni Janluiji Buffonning hakam Maykl Oliver haqida aytgan fikrlariga e'tiroz bildirdi.

.
- Yuklab olish

FIFA hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzakka "Yuve" darvozaboni Janluiji Buffonning hakam Maykl Oliver haqida aytgan fikrlariga e'tiroz bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Oliver EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" uchrashuvining (1:3) so'nggi daqiqasida turinliklar darvozasiga penalti belgilagan, bunga e'tiroz bildirgan Buffonni chetlatgan, natijada penaltini aniq bajargan "Real" keyingi bosqichga yo'l olgan edi. Shundan so'ng Buffon Oliverni keskin tanqid qilgan edi.

"Hakam texnik va tartib-intizoim chorasi haqidagi qarorni soniyaning bir ulushi davomida chiqarishi kerak. Shuning uchun unda qaerda turibsan, qanday o'yinni boshqaryapsan, nima bo'ldi, keyin nia bo'ladi va boshqa narsalarni o'ylashga vaqt bo'lmaydi. Hakam qarori - o'ylashga soniyadan ham kam vaqt beriladigan kam sonli narsalardan biri.

Barcha faktorlarni inobatga olish uchun hakamda 10 daqiqa vaqt bo'lganida - boshqa gap. Bu ish qiyin, bunda faqat instinktga tayaniladi", - deydi Buzakka.

BestMaster
17 Aprel 2018, 09:29
buzakka, buffonnga, qaror, chiqarish, uchun, hakamga, soniyadan, kamroq, vaqt, beriladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads