Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi murabbiy, antiqa debyut yoxud «Real Madrid» tarixidagi eng muhim uchrashuv haqida

Bundan 13 yil avval Mad­ridning «Real» jamoasi xuddi hozirgidek murakkab vaziyatga tushib qolgan, oqibatda mutasaddilar bosh murabbiyni almashtirishga majbur bo'lishgandi.

.
- Yuklab olish

Bundan 13 yil avval Mad­ridning «Real» jamoasi xuddi hozirgidek murakkab vaziyatga tushib qolgan, oqibatda mutasaddilar bosh murabbiyni almashtirishga majbur bo'lishgandi.

Shu tariqa murabbiylik sohasida kamdan-kam uchraydigan (balki shu paytgacha kuzatilmagan) antiqa debyut yuz berdi.

2005 yil 5 yanvar kuni «Qirollik klubi»ni braziliyalik Vanderley Lushemburgo maydonga olib tushdi. E'tiborlisi, madridliklarning «Real Sosedad» ustidan g'alaba qozonishlari uchun yangi bosh murabbiy ixtiyorida atigi olti daqiqa vaqt bor edi.

Gap shundaki, Lushemburgo Madridga kelishidan uch hafta avval «Real» o'z maydonida sosedadlik nomdoshini qabul qilgan, ammo 1:1 hisobi qayd etilayotgan bahs 88-daqiqada to'xtab qolgandi. Boisi kutilmaganda terrorchilar tomonidan stadionga bomba qo'yilgani haqida xabar tarqagandi.

Shu sababli «Santyago Bernabeu»dagilarni shoshilinch ravishda evakuatsiya qilishga to'g'ri keldi. 10 daqiqa ichida 70000 kishilik stadion bo'm-bo'sh bo'lib qoldi, futbolchilar esa stadion tashqarisida qolishdi.

O'sha xavotirli oqshomda uchrashuvni bosh­qargan Lisandro Lopes ongli ravishda evakuatsiya sababini futbolchilarga aytmadi. O'yinchilar o'sha zahoti tribunalardagi o'z yaqinlari tomon oshiqishlari, oqibatida tartibsizliklar yuzaga kelishi aniq edi.

Mamlakat poytaxti, shuningdek, unga nomdosh bo'lgan «Qirollik klubi» ham terrorchi g'alamislardan hadiksirab qolishgandi. 2002 yili yuz bergan fitna hali ularning xotiralaridan ko'tarilib ulgurmagandi.

Politsiya bir necha soat davomida stadionning har bir qarich erini sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi. Lekin bomba asoratlarini topa olishmadi. Xullas, «Santyago Bernabeu»ni portlatish xususidagi xabar yolg'on bo'lib chiqdi.

Uchrashuv asosiy vaqtining tugashiga atigi 2 daqiqa qolgan, hakam to'rt daqiqa qo'shib berishni rejalashtirgandi. Mutasaddilar 1:1 hisobidagi durangni qayd etishlari ham mumkin edi. Biroq ular o'yinni nihoya­siga etkazib qo'yishni lozim topishdi.

Shu tariqa olti daqiqalik qarama-qarshilik yuzaga keldi. Yakunda tarixiy debyutga sababchi bo'lgan o'sha mikrobellashuvga qadar ishlari umuman yurishmay qolgan, Xose Antonio Kamacho o'rniga kelgan yangi bosh murabbiy Mariano Garsiya Remon qimmatbaho yulduzlardan ahil jamoani shakllantira olmagandi.

Oqibatda «Qirollik klubi» ichki musobaqada nufuziga mos kelmaydigan beshinchi pog'onani band etishga majbur bo'layotgan, etakchi - «Barselona»dan 13 ochkoga ortda borayotgandi. EChLning guruh bosqichidan ham jamoa katta qiyinchilik bilan o'tgandi.

Bunday natijalar «Santyago Bernabeu»ning talabchan muxlislarini ham, qattiqqo'l Florentino Peresni ham qoniqtirmasdi. Jamoa nafaqat g'alabalar, balki sermazmun o'yinni ham batamom unutgandi. 22 dekabr kuni «Sevilya»ga imkoniyat boy berilgach, Remonning «Qirollik klubi»dagi kunlari sanoqli ekanligi oydinlashib qoldi.

Aytishlaricha, «Real»ning braziliyalik o'yinchilari, ayniqsa, Rojdestvo ta'tili kunlarida o'z noroziliklarini ochiq-oydin namoyish etishgandi. Ular omadsiz murabbiydan xalos bo'lish bilan cheklanib qolmasdan, uning o'rnini egallaydigan vorisni ham o'zlari belgilashlariga izn so'rashdi.

Prezident ularning talablarini inobatga olib, ustozlik tizginini Remondan Braziliyaning sobiq murabbiyi Vanderley Lushemburgoga topshirdi. Yangi bosh murabbiyning oldiga jamoaning ichki muhitini sog'lomlashtirish, samarali va sermazmun o'yinni yo'lga qo'yish vazifasi qo'yildi.

O'shanda Roberto Karlos o'z vatandoshining Madridga chinakam futbolni qaytarishini quvonch bilan e'lon qildi. O'zining Madriddagi faoliyatini Lushemburgo «Sosedad»ga qarshi 6 daqiqalik «duel» bilan boshladi. Ana shu qisqa vaqt ichida debyutant mutaxassis «Real» g'alabasini ta'minlashi talab etilardi.

O'sha oqshom «Santyago Bernabeu» darvozalari ochib qo'yildi - stadionga kirish bepul bo'ldi. Xo'sh, jamoalar tarkibi bilan tanishib chiqishga etib-etmaydigan vaqt ichida poyoniga etadigan bahsga qanday tayyorgarlik ko'rish mumkin?

Tabiiyki, «Real»dek nomdor jamoa nufuziga yarasha harakat qilmog'i, dastlabki soniyalardan boshlab ars­londek oldinga tashlanmog'i shart! Boz ustiga, unga g'alaba suv va havodek zarur bo'lgan vaziyatda.

Tan olish kerak, jamoadagi o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlandi. Braziliyalik mutaxassis Maykl Ouenni zaxirada qoldirib, o'rniga baland bo'yli Fernando Morentesni jang­ga tashladi. «Qirollik klubi» shiddat bilan olg'a intilib, 20 soniya ichida dastlabki xavfli vaziyatni vujudga keltirdi.

Darvozabon qaytargan to'pni Raul egallab, Morentesga oshirdi. U esa, o'z navbatida, Bekxemni hujumga tortdi. Devid to'pni to'xtatmasdan Ronaldoga yo'lladi. Biroq raqib darvozaboni Aser Riesgo hushyor turgani bois jamoani muqarrar goldan saqlab qoldi.

O'yin shiddati final hushtagi yangraguncha pasaymadi. Ana shu pallada muxlislar futbol bellashuvini emas, tennis tomosha qilishdi, go'yo - «Sosedad» futbolchilari to'pni qaytarishdan bo'shamadilar, madridliklar esa o'sha zahoti nav­batdagi hujumni uyuushtirardilar.

Nihoyat o'yinning yarmi, ya'ni 3 daqiqasi ortda qolganida maydon egalarining tirishqoqliklari o'z samarasini berdi: Gutining olis masofadan yo'llagan uzatmasi hujumchini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi. Uni to'xtatib qolishga ulgurmagan Mikel Labaka esa qo'pollik ishlatishdan o'zga chora topolmadi.

Penaltini amalga oshirish Zayniddin Zidan zimmasiga tushdi. DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
17 Aprel 2018, 02:09
yangi, murabbiy, antiqa, debyut, yoxud, «real, madrid», tarixidagi, muhim, uchrashuv, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
abdu
 abdu  
oxirigacha bo'lganda zo'r bo'lardi
17 Aprel 2018, 09:39
 el_kapitano  
davomi qani
17 Aprel 2018, 09:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads