Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Buffon: Hakamning ko'kragida yurak emas, axlat to'la quti joylashgan

"Yuventus" golkiperi Janluidji Buffon "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng bosh hakam Maykl Oliverni tanqid qilib o'tdi.

"Bu 10% lik ham penalti emas. Men bilaman, bosh hakam barchasini ko'rdi, vaziyat yaqqol emasdi. 93-daqiqada bunday vaziyatlarda 11 metrlik nuqta ko'rsatilmaydi. Jamoa uchrashuvga bor kuchini tashladi, biz tarixiy kambekni amalga oshirgan edik. Ammo bitta inson orzularimizni amalga oshirishga to'sqinlik qildi. Hakamning ko'kragida yurak emas, axlat to'la quti joylashgan. Bunday uchrashuvlarda maydonga tushishga jur'at eta olmasangiz, siz yaxshisi xotin, bolalaringiz bilan stadiondan turib "Sprayt" va chips yeb o'tirganingiz yaxshi. Boshqalarning orzusi barbod qilgandan ko'ra.

"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga o'tishga munosib, men ularga omad tilayman. Men har doim xalol o'yin tarafdoriman, ammo uchrashuv kamida qo'shimcha daqiqalarga teng edi. Men jamoam bilan faxrlanaman", - deydi Buffon.

Bobojonov

BestMaster
12 Aprel 2018, 17:20
buffon, hakamning, kokragida, yurak, emas, axlat, tola, quti, joylashgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bosqinchi  
Buffon hakam adashmadi soʻngi daqiqami soʻngi soniyami jarima moydoni ichida qoʻpolik boʻldimi demak penalti boʻladi xamma ayb himoyachida san uni va oʻzini ayibla qizil olmaganigda balki penaltini qaytarishing mumkin edi omad tilaganig uchun rahmat san buyuksan garchi bu sovruni yutolmagan boʻlasanxam
12 Aprel 2018, 17:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads