Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Buni bilishingiz kerak: EChL yarim qur'asi haqida

Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichiga etib keldik.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichiga etib keldik. Ertaga, 13 aprel kuni yarim finalga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a oldidan kerakli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Qachon va qaerda?
Qur'a tashlash marosimi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi. Tadbir UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur marosimdan 1 soat oldin Evropa ligasining yarim finaliga qur'a tashlanadi.

Yarim final ishtirokchilari

"Bavariya" (Germaniya)
"Liverpul" (Angliya)
"Real" (Ispaniya)
"Roma" (Italiya)

Qur'a mexanizmi
Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Qur'a "ko'r-ko'rona" printsipi asosida o'tkaziladi. Nomi dastlab chiqqan jamoa yarim finalning ilk bahsini o'z maydonida o'tkazadi.

Qur'ani qaerda tomosha qilish mumkin?
O'zbekistonning FUTBOL TV va UzREPORT TV, Rossiyaning Match Futbol 1 telekanllari qur'a marosimini jonli efirda translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Qur'a jarayonida kimlar ishtirok etadi?
UEFA mas'ul xodimlaridan tashqari Evropa chempionlar ligasi finali elchisi — Andrey Shevchenko.

O'yinlar qachon o'tkaziladi?
Dastlabki o'yinlar 24 va 25 aprel, javob bahslari esa 1 va 2 may kunlari bo'lib o'tadi. To'liq taqvim qur'adan keyin aniq bo'ladi.

Final uchun qur'a
Kievda o'tadigan final bahsida nominal mezbon jamoani aniqlash uchun qo'shimcha qur'a ham o'tkaziladi.

Navbatdagi o'yinlar:
Yarim final o'yinlari: 24/25 aprel va 1/2 may
Final: 26 may, shanba, Kiev, "Olimpiyskiy" stadioni

BestMaster
12 Aprel 2018, 06:10
bilishingiz, kerak, echl, yarim, qurasi, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Zofik  
Real:Liverpul/ Kiev
12 Aprel 2018, 09:10
 uzbrm  
Real- Bavarya
12 Aprel 2018, 09:56
 Jonipay1987  
REAL- BAVARIYA finalda
12 Aprel 2018, 12:00
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads