Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Dastlabki o'yindagi 0:3 hiusobi hech nimani anglatmayd

O'yin oldidan:

"Dastlabki o'yindagi 0:3 hiusobi hech nimani anglatmaydi. Albatta qulay natija, ammo bu hali 50% lik g'alaba. Yarimfinalga yo'l olishimiz uchun "Yuventus" bilan yana bir murakkab o'yin o'tkazishimiz kerak. "Real Madrid" ajoyib jamoa, bizda yuqori saviyali futbol namoyish etish uchun eng kuchli tarkib bor."

Varan haqida:

"U har doim yuqori formada o'yin o'tkazgan va o'z ishini yaxshi bajaradi. Unga ortiqcha o'rgatishning xojati yoq, unga shuncha o'z o'yinini ko'rsatib berishga qo'yish kerak. O'ylashimcha, u faoliyatining yakuniga qadar "Madrid"da qoladi."

Valexo haqida:

"Xesus bugungi mashg'ulotlarni jamoa bilan birgalikda o'tkazdi. U o'zini yaxshi his etmoqda va unda hech qanday muammo yo'q. Ko'ramiz, ertaga kim maydonga tushar ekan."

Ronaldu haqida:

"Men "Real"ni Ronaldusiz tasavvur eta olmayman. U "Madrid" futbolchisi va biz bundan xursandmiz."

Benzema haqida:

"Karim har doimgiday. Yagona muammo - u faoliyatining qiyin davrini boshdan kechirmoqda, buni hamma tasdiqlayapdi. U ko'proq gollar urishni istaydi. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda, juda ham e'tiborli. Karim hamisha jamoadoshlariga yordam berishni o'ylaydi."

Buffon haqida:

"Janluidji faoilyati davomida juda ko'p sovrinlar yutgan. U buyuk futbolchi va juda yaxshi inson. Ammo ertaga bizning maqsad "Yuventus"ni yengish va Chempionlar Ligasining keyingi bosqichiga yo'l olish."

Bobojonov

BestMaster
11 Aprel 2018, 13:50
zidan, dastlabki, oyindagi, hiusobi, hech, nimani, anglatmayd,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads