Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» «Barselona»ga chempionlik yo'lagini tashkil qiladimi? Zidan javob berdi

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan ushbu bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Jismoniy tayyorgarlik haqida
«Dam olish uchun vaqtimiz ko'p bo'lmadi, ammo  «Atletiko» ham shunday holatda. Hattoki ular bizga nisbatan bir kun kam dam olishdi. Bor e'tiborimizni mazkur o'yinga qaratganmiz: biz jismoniy va ruhiy jihatdan tayyormiz. G'alabali seriyani davom ettirishni istaymiz».

Krishtianu Ronalduga berilayotgan dam haqida
«U buni to'g'ri qabul qilmoqda. Biz Krishtianu va  boshqa futbolchilar bilan doimo gaplashamiz. Bizda o'yinlar ko'p. Futbolchilarga navbati bilan dam berib boriladi. Bu normal holat. Ushbu masala haqida chuqur fikr bildirmoqchi emasman. Bu masala futbolchilar bilan muhokama qilinadi va u sirligicha qolgani ma'qul».

«Barselona» uchun chempionlik yo'lagi haqida
«Biz «Barselona» uchun chempionlik yo'lagini takshil qilmaymiz. Hozirda bor e'tiborimizni ertangi bahsga qaratganmiz. Ertaga qanday qilib 3 ochkoni qo'lga kiritish haqida o'ylayapmiz. Hozirda «Atletiko» o'zi egallab turgan o'ringa munosib, ammo biz oradagi farqni qisqartirishga harakat qilamiz».

«Barsa» uchun chempionlik yo'lagi haqida mendan 2 haftadan beri so'rashmoqda. Men aniq-tiniq javob berdim va bu mavzuni yana ko'tarish shart emas».

«Real» klublar o'rtasidagi JChda g'olib chiqqanida «Barselona» raqib futbolchilariga chempionlik yo'lagini tashkil qilmagandi. "Qirollik klubi" bunga javoban shunday yo'l tutadimi?

«Bu mening qarorim. Shu bilan nuqta. Tushunmayman, buning nima keragi bor? Biz bunday qilmaymiz. Bundan tashqari, mavsum yakuniga qadar hali ko'p vaqt bor».

Biz klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqanimizda «Barselona» klasiko oldidan bizni tabriklashni istamay an'anani buzdi. Bu bois, endi bunday an'ana yo'q».

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Barselona" jamoalari La liganing 36-turi doirasida "Santyago Bernabeu"da to'qnash kelishadi. Katta ehtimol bilan "ko'k-anorranglilar" bu o'yinga qadar chempionlikni rasmiylashtirib bo'lishadi.

BestMaster
8 Aprel 2018, 01:49
«real», «barselona»ga, chempionlik, yolagini, tashkil, qiladimi?, zidan, javob, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 el_kapitano  
nou kampda o'ynaydi wikilli
8 Aprel 2018, 07:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads