Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Barselona" uchun jonli yo'lak hosil etilmaydi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Bizni oldinda juda yaxshi jamoaga qarshi o'yin kutib turubdi, himoyada a'lo darajada o'yin va kurashuvchan jamoa. Uchrashuv juda yaxshi bo'ladi va bizning intensiv bo'lishimiz muhim. Baxs ikki jamoa uchun ham juda muhim, o'rtada uch ochko uchun kurash bo'ladi. Biz faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz va oradagi farqni qisqartirmoqchimiz. "Atletiko" hozirda egallab turgan o'rniga munosib. Biz La Ligada oxirigacha kurashamiz."

Taqvim haqida:

"Taqvim har doim shu tarzda davom etgan. Bizda "Atletiko"ga qarshi tayorgarlik uchun bir necha kun bo'ldi, ammo "Atletiko"da bu kunlar kam edi. Hozirda jamoam yaxshi xolatda."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Biz hamisha Ronaldu va boshqa futbolchilar haqida gapiramiz. Bizda dam olish uchun kechalar tashkil etiladi va biz ham shu orqali dam olamiz. Bu haqida gapirib o'tirmoqchi emasman."

"Barselona" uchun chempionlik yo'lakchasi haqida:

"Biz ularga jonli yo'lakcha tashkil etmaymiz. Siz buni mendan bir necha bor so'radingiz men esa allaqachon javob qaytardim. Hammasi oydin bu mavzuga boshqa qaytmaymiz. Bu mening qarorim. Chunki aynan ular bu an'anani buzishdi."

Beyl haqida:

"Men uchun barcha futbolchilar muhim va ular ayniqsa mavsum yakunida menga kerak bo'ladi. Futbolchilar tabiyki ko'proq o'ynashni istaydi."

Grizmann haqida:

"U juda yaxshi futbolchi va "Atletiko" uchun muhim futbolchi. Uning yaxshi o'yin ko'rsatishi meni xavotirga solmaydi."

Bobojonov

BestMaster
7 Aprel 2018, 19:09
zidan, barselona, uchun, jonli, yolak, hosil, etilmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads