Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Toni Kross: «Real» qilgan ishni termamiz ham takrorlashiga ishonaman»

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos AS nashriga intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos AS nashriga intervyu berdi.

Germaniya terma jamoasining Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin o'tkazilgan suhbat chog'ida germaniyalik futbolchi ko'p narsalar haqida gapirib o'tdi.

- «Real»ning stabil o'yin namoyish qila olmayotgani haqida bong urayotganlarga javobingiz qanday? Jamoaning joriy mavsumda La Ligadagi muammolari nimadan iborat?

- Birinchidan, biz unchalik ham yomon o'ynamayapmiz. Klubimizning olti nafar futbolchisi Ispaniya terma jamoasi ixtiyoridaligi ham bunga yaqqol isbot bo'la oladi. Buning ustiga, Lopetegi «Real»ning sobiq o'yinchilarini ham terma jamoaga jalb qildi.

Bu bilan jamoa­ning jangovar ruhiyati haqida gapirmoqchi emasman. Shunchaki, tarkibimizda har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar bor. «Re­al»­ning darajasi o'ta yuqori. Aynan shu tufayli ham olti nafar futbolchimiz Ispaniya termasiga chaqirilgan.

To'g'ri, «Qizil furiya» safida «Barselona», «Atletiko» va boshqa klub vakillari ham bor. Ammo jamoaning o'zagi aynan «Qirollik klubi» futbolchilaridir. So'nggi yillarda yirik turnirlarning finallarida o'ynadik va g'alaba qozondik. Bundan tashqari, futbolchilarimizning saviyasiga ham e'tibor qaratish lozim.

- Jamoadoshlaringizga qarshi o'ynasangiz, xavotirga tushasizmi?

- Germaniya safida ham yuqori saviyadagi futbolchilar jamlanishgan. Biz amaldagi jahon chempionlarimiz. «Real»dagi faoliyatim davomida nafaqat sovrinlarni yutish, balki ularni himoya qilishni ham o'rgandim.

Bu o'yin jahon chempionati oldidan ajoyib sinov bo'ladi. Klubdagi jamoadoshlarimga omad tilayman. Chunki mundialda yarim finalga qadar to'g'ri kelmaymiz.

Agar yarim finalda to'qnashsak, ajoyib bo'lardi. Lekin podadan oldin chang chiqarish yaramaydi. Negaki jahon chempionatida raqobat kuchli bo'ladi.

- Bundesliga va La Liganing ko'plab futbolchilari o'ynashadi. Bundan nimalarni kutsak bo'ladi?

- Ajoyib futbol o'yinini. Germaniya chempionati saviyasi qandayligini yaxshi bilaman. U juda yuqori. Va, albatta, Ispaniya primerasi borasida yaxshi tushunchaga egaman. Balki ispaniyalik futbolchilar qanday raqibga qarshi maydonga tushayotganlarini yaxshi bilishmasligi mumkin.

Chunki ular Bundesliga o'yinlarini menchalik ko'p ko'rishmaydi. Shuningdek, Germaniya terma jamoasi ajoyib futbolchilardan tashqari kuchli jamoaviy ruhga ham ega. Aynan shu jihat tufayli so'nggi yillarda FIFA reytingida etakchilik qilmoqdamiz.

- Sizningcha, Ispaniya terma jamoasidan nima kutsa bo'ladi?

- Ispaniya 2008-2012 yillarda jahon futbolida etakchilik qildi. O'shanda «Barsa»ning mashhur «tiki-taki» o'yin uslubini o'zlashtirgandi. Lekin ayni paytda Ispaniya boshqacha o'ynamoqda. Terma jamoada avlodlar almashuvi ro'y bermoqda.

Umuman olganda, Ispaniya termasi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Germaniya, Braziliya va boshqa jamoalar kabi favoritlardan biridir.

- Rossiya maydonlarida Germaniya chempionlik maqomini saqlab qola oladimi?

- Bu borada tajribaga egaman. Chunki «Real» bilan EChL bahslarida bu ishni uddaladik. Futboldagi eng qiyin narsalardan biri saviyani ushlab turish.

Agar tarkibda ajoyib futbolchilar jamlangan bo'lsa, buni uddalash mumkin. Menimcha, Germaniya ham «Real» singari maqomini saqlab qolishga qodir.

- Terma jamoa safida jarohat tufayli Manuel Noyer o'ynamaydi. Uning o'rnini «Barselona» darvozaboni Ter Shtegen egallaydi. U haqda qanday fikrdasiz?

- Menga Ter Shtegen yoqadi. Balki juda qattiq yoqar (kuladi)... Mark jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biridir. Shubhasiz, «Barselona» uchun ideal posbon.

Ter Shtegenning ustunlik tarafi - xatolarga juda kam yo'l qo'yadi. Buning ustiga, u himoyada yaxshi harakat qiladi. Barcha posbonlar ham buni uddalay olishmaydi.

- Ispaniyaga qarshi o'yindan so'ng sizlarni Braziliya bilan uchrashuv kutib turibdi. Ammo braziliyaliklar safida Neymar o'ynamaydi. Bu yaxshi belgimi?

- Men Neymarning o'ynashini istagan bo'lardim. Uning tezroq sog'a­yib ketishini xohlayman. Neymar jahonning eng kuchli futbolchilaridan biridir. Menga aynan kuchli raqibga qarshi o'ynash yoqadi.

- Marselo va Kazemiroga raqiblik qilasiz...

- Bu yaxshi. Chunki, ular o'z chiziqlaridagi eng kuchli futbolchilardan hisoblanishadi. Kazemironing qanchalik kerakli futbolchi ekanini «Real»da his qilish mumkin. Marselo haqida nima deyishim mumkin?

U sayyoramizdagni eng kuchli chap qanot himoyachisi. Braziliya shubhasiz, jahon chempionati favoritlaridan biridir.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
6 Aprel 2018, 17:40
kross, «real», qilgan, ishni, termamiz, takrorlashiga, ishonaman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads