Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

RASMAN: Abner Braziliya klubiga yo'l oldi

"Qirollik klubi" tarbiyalanuvchisining "Real"dagi tarixi yakuniga yetdi.

Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Abner ushbu mavsumda "Eshtoril" klubida ijara asosida o'tkazayotgan edi. Bugun AS nashri bergan ma'lumotga ko'ra himoyachi Braziliya B seriyasi vakili "Karitibi" Abner transferini e'lon qilgan. Kelishuvga ko'ra braziliyalik futbolchi "Real"ga qaytganidan so'ng 2018-yil oxirida vataniga qaytib ketadi.

21 yoshli futbolchi 2014-yil "Kastilya" tarkibiga jalb etilgan bo'lib, 24 marta maydonga tushgan va 3 marta tizzaning bukiladigan qismidan jarohat olgan. Jarohatdan qaytgach Abner ijara asosida Portugaliyaning "Eshtoril" klubiga o'tdi. Yangi jamoasida ham qanot himoyachisi o'z o'rnini topib keta olmadi va ushbu mavsumda 11 marta maydonga tushib 1 ta golga assistentlik qilgan.

Hozirda futbolchi "Qirollik klubi"ga qaytib keladi va yil oxirida Braziliyaga yo'l oladi.

Bobojonov

BestMaster
5 Aprel 2018, 19:10
rasman, abner, braziliya, klubiga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads