Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Mening golim Ronaldunikidan chiroyliroq edi

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.

"Ronalduning kiritgan goli futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga aylandi. Men "Madrid" murabbiyiman, ammo shuningdek futbol muxlisiman ham. Ronaldu uchun juda xursandman. Krishtianu - yagona futbolchi, chunki u bu narsalarga qodir.

Biz undan butunlay qoniqyapmiz, bizning jamoada bunday futbolchilar bor. Raqiblarning muxlislari ham bizni o'z uylarida xafa qilishmadi. Siz uning golini meniki bilan taqqoslashingiz mumkin, ammo men kiritgan gol bundan chiroyliroq edi. Bunday gollarni faqat uning o'zi amalga oshira oladi. Buffon to'g'ri gapirdi, Krishtianu oldida shlyapani yechish kerak,.

Raqiblar haqida:

"Yuventus"da ham yaxshigina imkoniyatlar bo'ldi. Mehmonda 3:0 hisobidagi g'alaba, demak biz bu g'alabaga munosib harakat qildik. Bunday hisobda "Yuventus" ustidan g'alaba qozonish tasodif emas."

Isko haqida:

"U ajoyib o'ynadi va hammasini to'g'ri bajardi. Unda haqiqiy xarakter bor, va u kabi futbolchilar har doim o'ynashni xohlaydi. Birinchi gol uning mehnati evaziga amalga oshirildi. Undan judayam qoniqmoqdaman. Shuningdek, Marselo va Ronaldudan ham."

Beyl haqida:

"Bugun u o'ynamadi, chunki uning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi. Garet jamaoda boshqa ro'lni ijro etadi. U o'z imkoniyatini oladi. Yakshanba kuni bizni muhim o'yin kutib turubdi va u bu o'yinga tayyorlanishi kerak".

Bobojonov

BestMaster
4 Aprel 2018, 17:50
zidan, mening, golim, ronaldunikidan, chiroyliroq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Шу рухда давом эт Зидан гап йук уйинчиларинггаям, стадионинггаям, мухлисларингаям
4 Aprel 2018, 18:56
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads