Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real Madrid” akademiyasi vakillari O'zbekistonga qachon kelishi ma'lum bo'ldi

Shu yilning 22 yanvar kuni O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo'lib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

.
- Yuklab olish

Uchrashuv davomida "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochilishi bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Ana shu kelishuv bo'yicha ish tartibini yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G'ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kelishuvga ko'ra "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish bo'yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

Shuningdek, yurtimizdagi iste'dodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta'minlash bo'yicha ham hamkorlik qilinadigan bo'ldi.

"Real Madrid" Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o'zbekistondagi futbol klublarida ham qo'llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg'ulotlar o'tkazish yo'lga qo'yiladi.

Muzokaralar natijasiga ko'ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga tashrif buyuradigan bo'lishdi. Ular O'zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo'lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo'yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish borasida ish olib borishadi.

BestMaster
4 Aprel 2018, 09:50
“real, madrid”, akademiyasi, vakillari, ozbekistonga, qachon, kelishi, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads