Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» «Yuventus»ni Turinga «ko'mib qo'ydi»

Evropa chempionlar ligasining chorak finalida "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi to'qnashuvda madridliklar favorit sifatida qaralayotgan edi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining chorak finalida "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi to'qnashuvda madridliklar favorit sifatida qaralayotgan edi. Ammo Turindagi o'yindayoq yarim final bosqichi taqdiri hal bo'lishini ko'pchilik kutmagandi.

Bahsning 3-daqiqasidayoq Krishtianu Ronaldu hisobni ochib, "keksa sinora" yuziga "tarsaki" tushirdi. Chap qanotda Marselo Iskoni oldinga boshladi va ispaniyalik futbolchi jarima maydonchasiga erlatib uzatma berdi. Ronaldu himoyachilarni ortda qoldirdi va to'pni darvozaga joyladi.

Allegri jamoasi uchrashuvni mag'lubiyat bilan boshlashga tayyor emas edi. Mezbonlar o'zlariga kelib olish uchun yarim taymni sarflashlariga to'g'ri keldi. O'yinning 21-daqiqasida turinliklar ijrosidagi xavfli jarima to'pini Keylor Navas katta mahorat bilan bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Oradan 15 daqiqa o'tib ikkala jamoa bittadan xavfli vaziyat yaratishdi. Kroosning jarima maydonchasi taqsharisidan bergan zarbasidan keyin to'p to'singa tegib, yuqoriga ko'tarilib ketdi. Burchak to'pi o'yinga kiritilgan vaziyatda Kellini qulay vaziyatdan bosh bilan aniq zarba bera olmadi.

"Yuventus" ikkinchi bo'limni katta ishtiyoq bilan boshladi, ammo "qaymoqranglilar" ishonchli himoyalanib, raqibga imkoniyat bermadi. Aksincha, Kellinining qo'pol xatosi navbatdagi gol bilan yakunlandi. Himoyachi oddiy vaziyatda to'pni Buffonga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Ronaldu to'pga etib olib, uni orqaroqqa etkazdi. Vaskesning zarbasini Buffon qaytardi, ammo qaytgan to'pga Karvaxal etib bordi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Krishtianu akrobatik zarba bilan Janluidjini dog'da qoldirdi — 0:2. Juda chiroyli gol!

Mazkur gol amalda "Yuventus"ni "sindirdi". Boz ustiga, oradan 2 daqiqa o'tib Dibala ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Bahsning 72-daqiqasida mehmonlar qisqa paslar orqali "Yuve" himoyasini yorib o'tishdi: Marselo yakkama-yakka vaziyatda Buffon darvozasini zabt etdi.

Allegri shogirdlari o'yinga ko'shib berilgan daqiqalarda bitta javob to'pini kiritishi mumkin edi. Ammo Kuadrado birga-bir vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Javob bahsi 12 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

EChL, chorak final
Yuventus Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 3 Ronaldu, 0:2 – 64 Ronaldu, 0:3 – 72 Marselo.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Duglas Kosta (Matyuidi, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Asamoa (Mandjukich, 69), Dibala, Iguain.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Kovachich, 82), Kazemiro, Isko (Asensio, 75), Kroos, Benzema (Vaskes, 59), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bentankur (26), Dibala (45), Ramos (55), Kovachich (88).
Chetlatish: Dibala (66).

BestMaster
4 Aprel 2018, 01:49
«real», «yuventus»ni, turinga, «komib, qoydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
uuuuuuuu
 uuuuuuuu  
Буни реал дедилар олга реал реал олга роналдоооооооооооооооооооо
4 Aprel 2018, 01:57
uuuuuuuu
 uuuuuuuu  
Реал дунёдаги энг зур клуб роналду Тенгсиз бундай черойли голни факат ба факат роналду уради
4 Aprel 2018, 02:11
uuuuuuuu
 uuuuuuuu  
Хамани галаба билан табриклайман
4 Aprel 2018, 02:15
 el_kapitano  
madridda yuveni so'ngi manzilga kuzatamiz ilohim YUVEning joylari jannatda ruhlari wod ohiratlari obod bo'lsin yotgan joyi nurlarga to'lsin
4 Aprel 2018, 04:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads