Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng omadli xaridlar top o'nligi!

Super klublarning transfer siyosatini doim ham o'zini oqlayvermaydi.

.
- Yuklab olish

Super klublarning transfer siyosatini doim ham o'zini oqlayvermaydi. Lekin shunday transferlar borki, ular jamoaning yutuqlarida judda katta omil bo'la oldi. Hozir baholi qudrat shu haqida so'z yuritamiz. Top o'nlik sistemasida so'nggi o'n yillikdagi omadli transferlar bilan tanishing. Marhamat!

10-o'rin. MUHAMMAD SALOH
“Roma” – “Liverpul”



Hozir “Oltin butsa” uchun kurashayotgan misrlik tilla bola butun Evropani o'ziga qarata oldi. Hatto Florintino Peres uni Beylning o'rinbosari sifatida ko'ra boshladi. Tabiiyki, uning transferini bir yuz oltmish millionga baholashmoqda. Gap shundaki, agar “Liverpul” uni pullashni istasa, “Real Madrid” bundan ham ko'proq berishga tayyor. “Liverpul” mutasaddilari bir mavsumda Muhammad Salohga sarflagan pulni istashsa besh barobar qilib chiqarib olishlari mumkin. Mana buni “bingo” desa bo'ladi. Bu masalaning ikkinchi tomoni xolos. Asosiysi, Muhammad Saloh “Liverpul”da aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatib, tinimsiz gollar urmoqda. U shu ketishda bu mavsum “Oltin butsa”ga ega chiqadi, shekilli.

9-o'rin. UESLI SNEYDER
“Real”dan — “Inter”ga


Bir qarashda “Real Madrid”da o'ziga joy topa olmagan Sneyderning karerasi xavf ostida qolganday edi, go'yo. Lekin “Inter” egalari uni xarid qilib adashishmagan edi. Jamoa postini Mourino qo'lga olgach Sneyder o'zini ko'rsata boshladi. “Neradzurri” safida u haqiqiy Sneyderga aylandi. O'sha mavsum “Inter” bilan “trebl”ga ega chiqishdi. Sneyder o'sha mavsumni shu qadar super o'tkazdiki, hatto “Oltin to'p”ni Messiga berishganda muxlislar o'rtasida noroziliklar paydo bo'ldi. Haligacha o'sha “Oltin to'p”ni Sneyderniki deydiganlar topiladi. Qisqacha aytganda “Inter” so'nayotgan yulduzni xarid qilib hech ham adashmagan edi, chunki gollandiyalik futbolchi “Inter”ning bir mavsumda 3ta sovrinni qo'lga kiritishida judda katta omil bo'lib xizmat qilgandi o'shanda.

8-o'rin. EDEN AZAR
“Lill”dan — “Chelsi”ga


Frantsianing “Lill” jamoasidagi ajoyib mavsumdan so'ng Eden Azarga sovchilar ko'payib ketti. Xaridorlar o'rtasidagi o'ziga xos raqobatda “Chelsi” o'zib ketdi va o'zining eng omadli xaridlaridan birini amalga oshirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Eden Azar “Chelsi”ga kelgach, debyut o'yinidayoq hammani o'ziga qarata olgandi. Chaqqonlik uning eng ustun tomini edi o'sha payt. “Chelsi”da u futbolchi sifatida o'sishga erishdi. Antonio Konte qo'l ostida chempion bo'lishgan mavsumda har xil pozitsiyalarda o'zini ko'rsata oldi. Ayniqsa, qanotdan markazroqqa surilishi uning sermahsulligini yanada oshirdi. Hozir Eden Azarning transfer summasi sotib olingan summadan bir necha barobar baland. Bundan ko'rinib turibdiki, “Chelsi” Eden Azar masalasida adashmadi.

7-o'rin. SERXIO KUN AGUERO
“Atletiko”dan — “Manchester Siti”ga



“Atletiko”da endi porlagan, porlayotgan paytidayoq xarid qilingan bu argentinalik futbolchi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi. “Shaharliklar”ning APLdagi ikki marta zafar quchishida Kun Agueroning xizmatlari katta bo'ldi. Ayniqsa, uning o'sha mashhur so'nggi daqiqada “Kuinz Park Renjers” darvozasiga urgan golining o'zi uni tarixga kirgazgan bo'lsa ajab emas. O'shanda uning golli Fergyussonning qo'lidagi kubokni yulqib olgan edi. “Shaharliklar” o'sha uchrashuvni asr o'yini deb atashadi. “Manchester Siti”ning imkoniyatlarini qanday ekanligini hamma biladi. Lekin shu jamoa nechta hujumchi olgan bo'lsa, hech qaysisi birinchi bo'la olmaydi. Ularning hammasi Kun Agueroning soyasida qolib ketaverdi. Hozirda Kun Agueroning “transfermarket”dagi narxi ham chakki emas. “Manchester Siti” mutasaddilari uning xarididan mamnun bo'lishsa arziydi.

6-o'rin. GRIZMANN
“Real Sosedad”dan — “Atletiko Madrid”ga


Kelib chiqishi portugaliyaliklarga borib taqaladigan “kichkina shahzoda” Simeonening qo'lida o'z imkoniyatlari chegarasidan ham chiqib ketdi. U jamoasini ikki marotaba UEFA chempionlar Ligasining finaligacha olib chiqdi. Uzoq kutilgan chempionlikka erishishida ter to'kdi. Haqiqatan ham Grizmann Evropaning yulduz fudbolchisi darajasiga chiqa oldi (Play Station’da ham uning evalyutsiyasi hayratda qoldiradi). Hozirda uning ishqida “Barsa”, “Manchester Yunayted”dek grandlar yonmoqda. “Matraschilar” mutasaddilari bu yigitni baribir transferga qo'yishadi. Chunki “Atletiko”ning siyosati shunaqa. Madridliklar chamamda mundialdan so'ng “kichkina shahzoda”ni sotishadi. Grizmaning narxi yana ham ko'tarilsa kerak, chunki Frantsiya JCh g'olibligiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

5-o'rin. ISKO
“Malaga”dan – “Real Madrid”ga


Isko “Real”ga o'tgach, avvaliga hech ham jamoaga moslasha olmadi. Sekin-sekin uning ham omadsiz transferlar qatoriga qo'shilganlar topila boshlagan edi. Shu pallada jamoa rulini “Zizu” qo'liga oldi. Bu ish Iskoning hayotiga tubdan o'zgarish yasadi. Isko Zidan taktikasining motori vazifasini bajara boshladi. Ketma-ket ikki bor chempionlar ligasining g'olibligiga aylandi. Ispaniya chempioni bo'ldi. Klublar o'rtasidagi jahon chempioni bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda, Isko o'zining o'yinlari bilan hatto jamoaning ashaddiy raqibi “Barselona”ning e'tibor markazidan tushmayapti. “Real” o'zining “Fantazista”sining tovon pulini ham fantastik qilib qo'ydi. Isko hozirda o'zining pozitsiyasida dunyoda deyarli 1-raqamli futbolchi. Madridliklar bu transferi orqali o'zining avvalgi mavqeiga ko'tarilib olishda unumli foydalana oldi. O'zbekcha qilib aytganda, “Real” bu transferdan “baraka topdi”.

4-o'rin. DAVID DE XEA
“Atletiko Madrid” – “Manchester Yunayted”ga



Juda yosh bo'lishiga qaramasdan cho'chimay APLga kelgan De Xea o'zini yo'qotib qo'ymadi. Asta-sekinlik bilan formaga kirib bordi. Ayniqsa, so'nggi ikki mavsumda butun dunyoning e'tiborini o'ziga qarata oldi. Manchesterliklarning o'ziga o'xshamagan mavsumlarida ham u jamoada o'z ishini oshig'i bilan bajara oldi. “Manchester Yunayted”ning kipperi hozirda taxminan 100 milliondan oshiqroqqa baholanmoqda. Unga etishish uchun “Real” bundan ham ko'prog'ini berishga tayyor. Lekin mankunianliklar De Xeani qo'yib yubormasalar kerak. O'zi endi darvozabonga yolchidi. Har holda “qizil iblislar” Ispaniyadan kelgan yigitchadan unumli foydalanishmoqda. De Xea ham hozirda dunyoning 1-raqamli darvozaboni nomini Noyerdan tortib olishga ham muvaffaq bo'ldi. De Xeaning kelajagi hali oldinda. U bundan ham ko'proq yutuqlarga erishishga potentsiyali etadi. “Manchester Yunayted” yosh yigitcha uchun tavakkal qilib ishlatgan pullariga xech ham afsuslanmasa kerak. Chunki birinchidan zaif joylarini mustahkamlab olishdi, ikkinchidan agar xohlashsa yaxshigina pul ishlab olishlari ham mumkin.

3-o'rin. NEYMAR
“Santos”dan — “Barselona”ga


Neymar Juniorning “Barselona” xarid qilguncha har kuni har xil gaplar chiqaverdi. Bir uni “Real Madrid”ga o'tadi deyishsa, bir “Barselona”ga o'tadi deyishdi. Uzoq davom etgan mojaroga oxiri Neymar “Barselona”ga o'tib nuqta qo'ydi. Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga kelgach, “ko'k-anorranglilar” safida Suares-Messi-Neymar uchligi hosil bo'ldi. Bu trio kutilganidek treblni qayd etdi. “Barselona” Neymarning transferidan katta manfaat oldi. Sababi o'zingizga ma'lum. Jamoa bilan katta yutuqlarga erishgach, uning xaridorlari ko'paya boshladi. To'g'risi, Neymar ham Messining soyasida qolishni hohlamadi, shekilli, Frantsiyaga yo'l oldi. “Barselona” Neymar xarididan unumli foydalanib kuboklarga ega chiqdida, so'ng uni mo'maygina pulga (o'zi istamagan bo'lsa-da) pullashdi. Bir so'z bilan aytganda, Neymar “Barselona”ga omadli xarid bo'ldi desak adashmasak kerak.

2-o'rin. KRIShTIANU RONALDU
“Sporting”dan — “Manchester Yunayted”ga



Fergyusson bu yigitning o'yinlarini ko'rishi bilan darhol o'z jamoasiga taklif qildi. Ronaldu tumanli albionga kelganda ozg'in, nimjongina o'spirin, oddiygina bola edi. Ser Aleks esa uni Krishtianu Ronaldu darajasiga olib chiqdi. Jismoniy holati, texnikasi, tezligi, bosh bilan o'ynashi, uzoq masofadan aniq zarbalar, bu hamma funktsiyani Ronaldu Fergi boboning qo'lida o'zlashtirgan. Bekxem ketgach, 7-raqamning yukini hech kim ko'tara olmayotgan bir paytda Ronaldu “MYu” ning haloskori vazifasini qo'lga oldi. U avvaliga “Manchester Yunayted” bilan APLda g'olib bo'ldi, so'ng UEFA chempionlar ligasida, so'ng klublar o'rtasidagi JChda va hokazo... Bular ikkinchi darajadagi masala. Asosiysi shundaki, Ronaldu “qizil iblislar”ning 21-asrdagi eng kuchli tarkibining mutlaq etakchisi edi. Uning “Manchester” libosidagi o'yinlarini “qizillar” hali ham sog'inishadi. Balki, “Manchester Yunayted”ning ishlari u qadar yurishmayotganining bir sababi ham, shu yigitning etishmayotganidir, yana kim biladi! “Yunayted” mutassaddilari kamtarona narxda xarid qilishgan bu yigitni o'sha paytlari rekord summaga “Real”ga sotishdi. Ular “Sporting”dan kelgan o'spirindan foydalanib klublar o'rtasida qanday yutuqqa erishish mumkin bo'lsa hammasiga erishib bo'lishgandi. Balki uning sotishganining sababi ham balki shudir?!

1-o'rin. KRIShTIANU RONALDU
“Manchester Yunayted” — “Real Madrid”ga



Ha, juda ko'pchilik sezganiday, 1-o'rinda Krishtianu Ronaldu. Qirollik klubining super, mega yulduzi. 21-asrda “Real”ning tarkibida juda ko'p yulduzlar harakat qilishdi. Lekin, hech qaysisi “Real”ni Evropadagi obro'sini qaytara olmadi. Etmaganiga, ashaddiy raqiblari hamma turnirlarni qayta-qayta yuta boshlashdi.

Avvaliga Ronaldino, so'ng Messidek daholar ularga kun bermay qo'ydi. Ana shu paytlarda ularga yangi superqahramon kerak edi. Ronaldu shunday paytda xarid qilindi. Va bu transfer shunchalik o'zini oqladiki, Ronaldu asta-sekinlik bilan “Real”ning yuziga aylandi. Xuddi “Real Madrid” va “onaldu bitta ma'noni anglatadigan so'zlardek, go'yo. “Qaymoqranglilar” Ronaldu bilan avvalgi “Real”ning obro'-e'tiborini qaytarib olishdi. To'g'ri, “Real”ning qolgan o'yinchilarining ham bunda katta hissasi bor. Lekin, baribir g'alabaning kaliti Ronaldu bilan bog'liq. Ronaldu “Real” bilan bir necha marotaba “Oltin to'p”ga egalik qildi, ketma-ket UEFA Chempionlar ligasi g'alaba qozinib, “Real”ning brendini yana ham ommalashtirdi. Qisqacha aytganda, “Real”ning tom ma'nodagi yuragiga aylandi. “Real” agar hozir Ronalduni transferga qo'ygan taqdirida ham yaxshigina pul ishlab ola oladi.

Xulosa. Bu shunchaki bizning taxmin. Agar sizda o'zingizning taxminiy reytingingiz bo'lsa, marhamat, o'z fikrlaringizni yozing. Shaxsan biz uchun bu juda ham qiziq. Kommentlaringizni kutib qolamiz. Hammaga omad!

Yahyoxo'ja ULUG'XO'JAEV

BestMaster
3 Aprel 2018, 09:49
omadli, xaridlar, onligi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
criroking
 criroking  
De bryune ham bor verderdan cityga
3 Aprel 2018, 11:36
 Zofik  
Saloxni 3-o'ringa qo'yish kerak edi, Barsachilar nega Messi yo'q? Uni xurmat qilamiz!
3 Aprel 2018, 12:47
criroking
 criroking  
Messini barca 5 yowligidayoq Olib Kelgan jamoaga wu Sabab yoq
3 Aprel 2018, 12:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads