Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Ikki klub DNK bitta: ikkala jamoa ham oxirigacha o'ynaydi va barcha o'yinlarda zafar quchishni istaydi

Fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan "Yuventus" bilan o'yindan oldin intervyu berib o'tdi.

"Biz yaxshi o'yin ko'rsatishga hozirlik ko'rmoqdamiz. Biz uchrashuvga tayyormiz va shu sababli bu yerrdamiz. Bizning mavsum yaxshi tarzda o'tmayapdi, afsuski biz kutganimizdek emas. Bu o'yin uchun biz futbolchilarni tayyorlardik, faqatgina Nachodan tashqari. Menda kimni asosiy tarkibda tushirish borasidagi bosh og'riq bor, ammo bu yoqimli .

Kardiffdagi final haqida:

"Finaldagi o'yin umuman boshqa uchrashuv. O'sha uchrashuv natijasi hech narsani hal etmaydi. Hozir hammasi o'zgargan. Ammo o'yin sxemasi o'zgarmagan, bizga 4-4-2 va 4-3-3 o'ynash manzur. Bu yerda alohida asosiy tarkib futbolchilari ajratib ko'rsatilmagan. Menda 24 ta yaxshi futbolchilar bor va men ulardan iloji boricha foydalanaman. Ba'zi futbolchilar boshqa uchrashuvlarda maydonga tushmoqda, ammo hammasi men uchun muhim. Isko - ulardan bittasi."

Tarixda Pley-offlarda "Yuventus"ga qarshi qiyinchiliklar haqida:

"Men buni bilmayman. Biz bu haqida o'ylamasligimiz kerak. Bu boshqa o'yin, boshqa tayyorgarlik.

"Yuventus haqida:

"Men bu yerda futbolchi va inson sifatida ko'p narsa o'rgandim. Fransiyadan Turinga kelishim ajoyib bo'lgan edi. Ular meni xuddi oila a'zolari kabi kutib olishdi."

"Yuventus"ning mavsumi haqida:

"Butun jamoa haqida o'ylash kerak va biz shu sabab har bitta futbolchiga diqqatli bo'lishimiz zarur. Ular hujumda va himoyada yaxshi harakat qilishadi. "Yuve" yaxshi mavsum o'tkazmoqda. Men ularning ko'p o'yinlarini kuzatdim va ular bunda yaxshi o'ynashdi.

"Yuve"ni boshqarishi haqida:

"Hech qachon hech qachon deya gapirma, ammo men Madridda baxtliman. Men kelajagim haqida o'ylamayapman, faqatgina bugungi kun bilan yashamoqdaman. Bilasizmi, bu ikki klubning DNK bitta: ikkala jamoa ham oxirigacha o'ynaydi va barcha o'yinlarda zafar quchishni istaydi."

Bobojonov

BestMaster
2 Aprel 2018, 23:09
zidan, ikki, klub, bitta, ikkala, jamoa, oxirigacha, oynaydi, barcha, oyinlarda, zafar, quchishni, istaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Jonipay1987  
Сен дахосан Зидан агар шу йил хам ЧЛни ютсанг сен буюксан ва
3 Aprel 2018, 00:33
criroking
 criroking  
Jonipay adawmeng yagona va buyuk bu faqatgina allohing ozi. Allohning amri bolmasa Bular va biz hec Kim emasmiz alloh ozi kecirsin bilib bilmay gunohkor bolib qoliwdan ozi asrasin
3 Aprel 2018, 09:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads