Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich: Bunday o'yinlarda asosan tajriba va mayda detallar o'yin taqdirini xal qiladi

"Real Madrid" yarimhimoyachisi Luka Modrich "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Bunday o'yinlarda asosan tajriba va mayda detallar o'yin taqdirini xal qiladi. Uchrashuvda kim xatolarni kamroq qilsa, o'sha jamoada "match"ni yutish imkoniyati yuqori bo'ladi. Men o'zimni juda yaxshi xis etayapman. Menda hech qanday jarohat yo'q. Keling yaxshisi ko'ramiz, ertaga murabbiy meni asosiy tarkibga kiratidimi yoki yo'q. Men boshqa bu haqida hech narsa deya olmayman."

Benzema haqida:

"Men Benzemaga ishonaman, xattoki u gol ura olmasa ham. Kim qanday fikrda buni bilmayman, lekin u muhim o'yinlarda gol kiritib keladi. Shuningdek, u jamoada boshqa vazifalarni ham bajaradi. Biz undan juda xursandmiz va umid qilamanki u bu tempni tushirmaydi."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Krishtianu o'ziga juda ishongan. U ko'plab gollar urmoqda va biz uchun muhim futbolchi. Krishtianu bilan biz uchrashuvda g'alaba qozonish imkoniyatimiz yuqoriroq bo'ladi."

Isko va Beyl haqida:

"Ikkalasi ham muhim futbolchi. Zidan qaror qabul qiladi. Ikkalasining ham foydali jihatlari yuqori va ular jamoaning o'yiniga ko'plab variantlar olib keladi."

Bobojonov

BestMaster
2 Aprel 2018, 22:29
modrich, bunday, oyinlarda, asosan, tajriba, mayda, detallar, oyin, taqdirini, qiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Омад реалга
3 Aprel 2018, 00:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads