Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Yuventus» – «Real»: ikki karra revansh

Evropa chempionlar ligasining chorak finaliga qur'a tashlanib, bu ikki jamoa bir-biriga ro'baro' bo'lganida, Madrid va Turinda birday «Yanami?» degan savol paydo bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Yanami?

Evropa chempionlar ligasining chorak finaliga qur'a tashlanib, bu ikki jamoa bir-biriga ro'baro' bo'lganida, Madrid va Turinda birday «Yanami?» degan savol paydo bo'ldi.

Ko'pchilik o'tgan yilgi tarixiy finalni eslaydi. Kardiffdagi final bahsida 4:1 hisobi qayd etilgan edi. O'shandan buyon Turin revansh o'tida yonayotgan bo'lsa, madridliklar buyuk g'alabadan rohatlanishda davom etishmoqda.

Ammo statistikaga e'tibor qaratsak, so'nggi to'rt yil ichida «Real»ni pley-offdan chiqarib yuborgan yagona jamoa aynan «Yuventus» ekan. 1992 yili turnir formati o'zgarganidan buyon «qirollik klubi» vakillari «Yuventus»ni biror marta chempionlar ligasining pley-off bahslaridan chiqarib yubora olmagan. Gap final haqida ketganda, umuman boshqa manzara – «Yuventus» ikki marta (1998, 2017) taslim etilgan. Turinliklarning alami ichida: ular ikkita final uchun revansh olishlari lozim.

Kim kimga to'qnash keladi?

«Yuventus» so'nggi yillarda ancha tartibli o'yin ko'rsatmoqda. Mavsumdagi holat va maydonda kim bo'lishidan qat'i nazar, bu ikki jamoa doimo o'z oldiga eng yuksak maqsadlarni qo'yadi.

«Yuventus» o'tgan mavsumlardan farqli ravishda himoyada Leonardo Bonuchchi va Dani Alvessiz o'ynaydi. Qolganlari o'sha-o'sha finalgacha etib borgan jamoa: Buffon, Kellini, Dibala va Iguain. Birinchi o'yinni «Yuventus»ning ikki muhim futbolchisi Miralem Piyanich va Mehdi Benatialar sariq kartochka tufayli o'tkazib yuborishga majbur. Ilk o'yinda bor e'tiborni Iguainga qaratish maqsadga muvofiq. Uning o'zi uchun qadrdon bo'lgan «Santyago Bernabeu»ga yillar o'tib ilk bora kelishi. Argentinalik futbolchi har doimgidan-da kuchliroq o'ynayotgani madridliklarni cho'chitayotgan bo'lishi turgan gap.

«Real»da hammasi joyida desa ham bo'ladi. So'nggi o'yinda bosh murabbiy Zidan jamoa etakchilariga dam berdi. Asosiy tarkib himoyachilari Ramos, Marselo, Karvaxal, markazdagi Isko, hujumchi Ronaldu «Las-Palmas»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsa, Modrich va Kazemiro o'yin vaqtida zaxiraga olindi. Faqatgina o'sha o'yinda himoyachi Nacho jarohat olib maydonni sheriklariga nisbatan oldinroq tark etdi.

So'nggi o'yinlar

Ichki chempionatning so'nggi besh o'yinidan to'rttasida g'alaba qozongan «Yuventus» faqatgina SPAL bilan o'yinda nursiz durang qayd etdi. «Real»da to'rtta g'alaba va bir mag'lubiyat bor.

«Yuventus» A seriyada karvonboshlik qilayotgan bo'lsa, «Real» «Atletiko»dan 4, «Barselona»dan 13 ochko ortda qolib, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. «Yuventus» Italiya chempionatining 2018 yilgi bahslarida o'z darvozasidan bittagina to'p olib chiqdi. U ham bo'lsa so'nggi turda «Milan» bilan o'yinda ro'y berdi. «Qirollik klubi» quruq o'yinlari bilan maqtana olmaydi. Ular so'nggi turda 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Chempionlar ligasining guruh o'yinlarida har ikki klub ham ikkinchi o'rin bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 1/8 finalda «Yuventus» guruh o'yinlarida «Real» uchun bosh og'rig'i bo'lgan «Tottenxem»ni qiyinchiliksiz enggan bo'lsa, madridliklar UEFA bosh og'rig'i PSJga duch kelishdi. O'yin oldidan parijliklarning favorit deya jar solinishi «Real» foydasiga ishladi.

 O'zaro o'yinlar statistikasi

Jamoalar o'zaro 19 bor maydonga tushishgan. Ularning to'qqiztasida «Real» g'alaba qozongan bo'lsa, sakkizta o'yinda «Yuventus»ning qo'li baland kelgan.

O'yinlar 3 aprel kuni Turinda, 11 aprelda Madridda bo'lib o'tadi.

BestMaster
2 Aprel 2018, 19:29
«yuventus», «real», ikki, karra, revansh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 Bosqinchi  
Bu gal oʻtishimiz shart
2 Aprel 2018, 19:56
abdu
 abdu  
yuv 1-3 RMA; RMA 2-1 yuv.
2 Aprel 2018, 20:12
abdu
 abdu  
yuv 1-3 RMA; RMA 2-1 yuv.
2 Aprel 2018, 20:15
 quvonch77  
Real yuveni ha mayli buyog'ini ronaldoni o'zi biladi
2 Aprel 2018, 22:24
 quvonch77  
Real yuveni ha mayli buyog'ini ronaldoni o'zi biladi
2 Aprel 2018, 22:25
 Jonipay1987  
Реал ютиши шарт. Финални хам ютиши шарт чунки фудболчилар ЖЧ га зур кайфиятда бориши учун айникса CR7 у учун ЖЧ сунгиси булиши мумкун
3 Aprel 2018, 00:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads