Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Isko Zidanga xabar yubordi

Иско посылает  Зидану сообщение

Yarimhimoyachi terma jamoada o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi.

Isko Argentinaga qarshi o'yinda tarixiy natija qayd etilishiga katta xissa qo'shdi. Lotin amerikaliklar tarixda hech qachon (6:1) hisobida mag'lubiyatga uchrashmagan edi. "Madrid" yarimhimoyachisi esa bu baxsda xet-trik qayd etdi. Shuningdek, ispan "albiseleste" darvozasiga 3 ta gol kiritgan dastlabki ispan futbolchisiga ham aylandi. Shu paytga qadar Argentina darvozasiga Xose Piendiberne (Urugvay), Pele (Braziliya), Sushich (Yugoslaviya), Xoakin Botero (Boliviya), Rivaldo (Braziliya) va Ronaldo (Braziliya) 3 ta to'p kiritgan edi. Ko'rib turganingizdek xattoki Yevropaliklar "ko'k-oqlar" darvozasiga 3 ta to'p kirita olmagan (Yugaslaviya hozirda yo'qligini inobatga olgan xolda).

22-raqam egasi shuningdek "Qizil furiya" tarkibida kamdan-kam yuzaga keladigan yana bir natijani qayd etdi. Hozirgacha ispanlar tarkibida faqat uch nafar futbolchi bitta o'yinda xet-trik qayd eta olgan xolos. Ular Michel (Janubiy Korea, 1990) Gerrero ( Malta va Kipr, 1996 va 1999) va Luis Enrike (San Marino, 1999). Ko'rib turganingizdek bu futbolchilar gol kiritgan jamoalar nomi Argentinachalik emas.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiy Xulen Lopetegi jamoa qabul qilib olgunga qadar Isko faqat bir marotaba terma jamoada gol kiritgan edi, hamda birorta golga assistentlik qila olmagandi. Ammo Lopetegi jamoaga kelgan Isko 679 daqiqa maydonda harakat qilib 9 ta gol kiritdi (o'rtacha har 75 daqiqada gol). Demak Lopetegi Iskoning salohiyatini ochib bera oli, Zidan bunga erisha oladimi?

Bobojonov

BestMaster
28 Mart 2018, 22:50
zidanga, xabar, yubordi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads