Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduga endi maydonda ham qo'riqchi kerak bo'ladi-yov (foto+video)

Sabab bitta – Ronalduning muxlislari uni haqiqattan yaxshi ko'rishadi. Savol ular futbol o'ynashini yoqtirashidimi? Yoki...

.
- Yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Shveytsariyaning futbol u qadar ommalashmagan Jeneva shahrida ham muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi.
 
Gap shundaki, muxlislar Ronalduni kecha bo'lib o'tgan Portugaliya - Gollandiya uchrashuvida ham ta'qib etishdan to'xtashmadi.
 
Aniqrog'i, to'rt nafar muxlis stadion tribunalaridan Ronaldu bilan suratga tushish va ko'rishish uchun maydonga chiqib kelishdi. Ushbu voqea Krishtianu jamoadoshi Joau Kanseluning ikkinchi bo'limda qizil kartochka olib maydonni tark etganidan so'ng sodir bo'lgan.
 
Qiziqarlisi, birinchi muxlis Ronaldudan bo'sa oldi. Ha, erkak muxlis uni o'pib oldi.



Va selfi tushishni ham unutmadi.



Ikkinchisi KriRo tarafga qarab, qo'lida yurakcha ko'rsatdi va hatto, uni quchoqlab oldi.



Ammo Ronalduga yurakchasini ko'rsatgan yigitchani styuardlar maydon chetiga yaxshilab kuzatib qo'yishdi.





Uchinchi muxlis faqat Ronalduning tirsagiga tegin oldi xolos. Umidvor bo'lib maydonga yugurib chiqqan Ronaldu muxlisi boshqa harakatni bajarishga ulgura olmadi.



To'rtinchisi esa Ronaldu zaxiraga chiqib ketayotgan vaqtda unga qarab to'satdan yugurib keldi.



Ko'rib turibsizki, Krishtianu har bir suratda kayfiyati buzilgan holda ko'rinish bergan. Buning sababini tushuntirish oson.
 
Chunki, uning jamoasi Gollandiyaga 0:3 hisobida engildi va shu bilan birga besh karra “Oltin to'p” egasi ilk marta mavsumdagi eng yomon natijasini ko'rsatdi. Ya'ni, u raqib darvozasi tomon biror marta bo'lsa-da to'g'ri zarba yo'llay olmadi.
 
Umuman olganda, Krishtianu bunday vaziyatlarni sokinlik bilan qabul qilishga odatlangan. Masalan: Evro-2016 musobaqasida muxlis bilan birga maydon o'rtasida selfi tushgan. Garchi, styuardlar bunga qarshilik ko'rsatishgan bo'lsada, Ronaldu ulardan muxlisni qo'yib yuborishlarini so'ragan.
 
Bilasiz, “Real” futbolchisi maydondan tashqarida doim xavfsizligini o'ylaydiganlar sirasidan sanaladi.
 
Jumladan, uni JCh-2014 musobaqasi vaqtida to'rtta qo'riqchi kuzatib yurgan. Marokashda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida esa besh nafar qo'riqchini yollangan.
 
2016 yil ma'lum bo'ldiki, Krishtianu onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru xavfsizligini ta'minlash uchun shaxsiy qo'riqchini jalb etgan.
 
Hatto, buni futbolchining onasi istamagan bo'lsa-da, Doloresh xonim mana ikki yildan beri doimiy qo'riqchi xizmatidan foydalanib kelishga majbur bo'lmoqda.

BestMaster
27 Mart 2018, 21:39
ronalduga, endi, maydonda, qoriqchi, kerak, boladi-yov, foto+video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads