Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" yozning g'amini hozirdan yeyishni boshladi

"Real Madrid" rahbarlari allaqachon transfer bozori uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning hozirda jamoada qolish yoki qolmasligi aniq emas, shu sababli tarkibning qaysi chiziqlari kuchayishi nomalum. Xabarlarga ko'ra, jamoa yozgi tayyorgarliklar paytida ikkita himoyachi - o'ng qanot va markaziy sotib olmoqchi. Xakim Ashraf va Xesus Valexelolar Danilo hamda Pepening o'rnini bosa olishmadi.  Madridliklar "Real Sosedad"dan Alvaro Odriosolani tovon pulida ko'rsatilgan 40 mln yevro evaziga sotib olmoqchi.

Shuningdek, mavsum oxiriga kelib jamoani Markos Llorente tark etishi kutilmoqda. Agarda u jamoani tark etishni xohlasa, jamoa markaziy yarimhimoyachi ham sotib olishiga to'g'ri keladi. Nomzodlar ichida Yulian Vaygl ("Borussiya Dortmud"), Emre Jan ("Liverpul") va Leandro Paredes ("Zenit") bor.

Qolaversa, madridliklar "Ayntraxt Frankfurt"dan yarimhimoyachi Omar Maskarellni qayta sotib olmoqchi.

Jamoaning asosiy transfer nishoni esa - "Bavariya" forvardi Robert Lewandowski. Shuningdek, nomzodlar ichida Timo Verner va Xarri Keynlar ham bor.

Agarda jamoani yozda Garet Beyl ham tark etadigan bo'lsa, tarkibni Neymar, Muhammad Salax yoki Eden Azarlar bilan to'ldirishi mumkin.

Bobojonov

BestMaster
25 Mart 2018, 22:29
yozning, gamini, hozirdan, yeyishni, boshladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Ваtshuаyi  
Sаnlаgа zаmbаrаkni o'qi
26 Mart 2018, 00:53
 morata21  
Sollaxni olish kerak
26 Mart 2018, 07:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads