Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu Ronaldu: «Muvaffaqiyat barchamizniki» (intervyu)

Madridning «Real» klubi besh yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. 

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi besh yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. So'nggi uchrashuvini Malagadagi «La Rosaleda» stadionida o'tkazgan «qirollik klubi»ning ishonchli g'alabasi yodingizda bo'lsa kerak?

Chempionlik o'yinidan so'ng jurnalistlar jamoa etakchisi Krishtianu Ronalduning fikrlari bilan qiziqdi.

Jismoniy holati haqida

- O'zimni juda yaxshi his qilyapman va kuchga to'lganman. Bu yil so'ng­gi turlarga yuqori formada etib keldim. Oldinlari bunday bo'lmasdi. Shu bois ham hozirgi holatimdan xursandman.

La liga haqida

- La liga - og'ir turnir. So'nggi turda g'alaba qozonish - katta baxt. Chempionat davomida eng yaxshi jamoa bo'ldik. Ayni payt bu lahzalardan rohatlanyapmiz.

Bosh murabbiyning uslubi haqida

- Zidan ajoyib ishni amalga oshirdi. U jamoani aql bilan boshqardi, barcha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Bu esa bizga qo'l keldi. qaysi futbolchi maydonga tushmasin, yaxshi o'yin namoyish qildi. Hammamiz baxt­limiz. Buning sababchisi esa Zidandir.

Rotatsiyaga tushishi haqida

- Jamoamizdagi har qaysi futbolchidan ko'ra ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Zidan tufayli joriy mavsum etti-sakkizta o'yin kam o'tkazdim. Bu esa menga yordam berdi, o'z o'rnida gollarim bilan jamoaga yordam berdim. Lekin La Ligadagi g'alaba - bu butun bir jamoaning muvaffaqiyati. Biz hamjihatlikda, murabbiylar shtabining sa'y-harakati tufayli zafar quchdik. Bir so'z bilan aytganda, La ligadagi muvaffaqiyat - barchamizniki.

Mavsumning final qismiga tayyorgarlik haqida

- Bunga maxsus tayyorlandim. Albatta, ko'proq maydonga tushishni istayman. Lekin biroz tin olish aqlli qaror bo'ldi. Mazkur masalada Zidan bilan ham, fizioterapevtlar bilan ham gaplashdim. Ayni paytga kelib bu qaror o'z kuchini ko'rsatdi. Avvalgi yillardagi holatimni bu yilgisiga solishtirib ko'rdim. Albatta, katta farqni sezyapman. Sovrinlar uchun kurashishimiz oydek ravshan edi. Shunga o'zimni tayyorlab keldim.

Mavsum haqida

- Bu mavsum jamoa va shaxsan men uchun ajoyib o'tdi. Tarixiy voqea bo'lishiga oz qoldi. Har holda shunga tayyorlanyapmiz.

Zayniddin Zidan haqida

- U men birga ishlagan murabbiylar orasida eng yaxshisimi yoki yo'qmi buni aniq ayta olmayman. Chunki taqqoslashni yomon ko'raman. Lekin Zidan shubhasiz, ajoyib ishni amalga oshirdi, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan til topisha bildi. Undan ko'p narsa o'rgandim. Oldinlari futbolchi Zidanga havas qilardim, endi esa murabbiy Zidanga.

«Dubl»siz kechgan 59 yil haqida

- Joriy mavsum yakunida noxush an'anaga chek qo'yish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Kardiffda qiyin final bo'lishi aniq. Lekin hozir quvonish vaqti. Axir oxirgi besh yilda ilk bor milliy chempionatda zafar quchdik. Buni nishonlash kerak.

Tanqidlar haqida

- Meni yaxshi bilmay turib, muhokama qilishlari jahlimni chiqaradi. Shu bois ham televizor ko'rmayman, matbuotni kuzatmayman. Aks holda, erkin hayot kechira olmasdim. Turli uydirmalarni tarqatayotganlar aslida vaziyat qandayligini bilishmaydi. Lekin men haqimda xuddi jinoyatchidek gapirishadi. Futboldagi tanqidlar bezovta qilmaydi. Chunki ular natijalarimga qarab baho berishadi. Biroq hayotda nima qilishimdan qat'iy nazar, tanqid yog'dirishaveradi. Albatta, farishta emasman, o'zimni yomonman ham deyolmayman. Oilam, onam, o'g'lim bor. Shu bois, menga nisbatan bunday salbiy munosabatda bo'lishlari yoqmaydi. Aslida, umuman ahmoqlik qilmayman.

Beshinchi oltin to'p haqida

- Bu haqda o'ylamayman. Barcha individual sovrinlar jamoadoshlar yordamida yutiladi. Klubdoshlarim ajoyib mavsumni o'tkazishdi. Barcha o'z ulushini qo'shdi. Shu bois ham La ligadagi g'alaba - barchamizniki.

BestMaster
3 Iyun 2017, 11:54
krishtianu, ronaldu, «muvaffaqiyat, barchamizniki», intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads