Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Aleks Sandro ham "Real"ga qarshi o'ymasligi mumkin

Italiyan jamoasida katta muammolar yuzaga kelmoqda.

Chempionlar Ligasi chorakfinalida markaziy himoyachi Jordjo Kellinining ishtirok etishi so'roq ostida turgan bir paytda, boshqa bir himoyachi Aleks Sandroning ham "Real"ga qarshi baxsda maydonga tushishi noma'lum. "Yuventus" rasmiy sayti Aleks Sandroning rasman jarohat olganini tasdiqladi va kecha himoyachi Braziliya terma jamoasi bazasini tark etganini e'lon qildi.

Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra qanot himoyachisining o'ng oyoq sonidan jarohat aniqlangan. Bugundan boshlab himoyachi tiklanish kurslari boshladi. Futbolchining jarohati sabab bir nechta haftani o'tkazib yuborishini inobatga olib "Real"ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

Shuningdek, "Real"ga qarshi jarohati sabab Xuan Kuadrado va Federiko Bernardeskilar ham maydonga tusha olmaydi, Mexdi Benatiya va Miralem Pyanichlar esa diskvalifikatsiya qilingan. Yuqorida xabar berib o'tganimizdek Jordjo Kellini jarohatdan tiklanish jarayonlarini o'tkazmoqda.

Bobojonov

BestMaster
22 Mart 2018, 17:10
aleks, sandro, realga, qarshi, oymasligi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 hunoyin  
Realga omad tilagan holda raqiblarga sog'liq tilaymiz nasib real yarim finalda
22 Mart 2018, 17:40
 muhammadyor  
Har bir yuve futbolchisiga sog'liq tilaymiz biz realni yuvening asosiy tarkibini taslim qilishini xoxlaymiz
22 Mart 2018, 18:27
 tento  
albatta Real ozini nimalarga qodir ekanligini isbotlaydi nasib qilsa
23 Mart 2018, 08:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads