Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Neymarga "PSJ"da nimalar yoqmayapti?

"PSJ" prezidenti Nosir Al Helayfiy va sport ishlari direktori Anteru Enrike o'tgan haftdada Braziliyaga - Neymarning xayriya tashkiloti ochilishiga bordilar.

.
- Yuklab olish

"PSJ" prezidenti Nosir Al Helayfiy va sport ishlari direktori Anteru Enrike o'tgan haftdada Braziliyaga - Neymarning xayriya tashkiloti ochilishiga bordilar.

Bu rasman. Aslida klub xo'jayini va dirktor futbolchini pariliklar safida qolishga ko'ndirgani bordilar. Futbolchining agentlari paytdan foydalanib uning haftalik maoshini 1 million evroga oshirilishini talab qildilar. Neymar amaldagi shartnoma bo'yicha besh yilda 264 million oladi. "PSJ" bu ma'lumotlarni inkor qilmoqda.

Frantsiyaliklarni "Real"ning qiziqishi tashvishga solmoqda. Madridliklar prezidenti Florentino Peres yaqinda Neymarni o'z jamoasi safida ko'rishni istayotgani haqida aytgan edi: "Real"da "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish osonroq. Biz bunin uchun futbolchiga kerakli narsani taqdim qilamiz".


UOL manbalarining ma'lum qilishicha, Neymar do'stlariga Frantsiyadan ketkisi kelayotganini aytgan. Bunga quyidagi sabablar bor:

• Frantsiyada uning oyog'iga ko'proq zarba berilmoqda - bir o'yinda o'rtacha 5,2 fol. La ligada boshqacharoq edi - 1 o'yinda 3,5 ta fol. Bu Neymarga yoqmayapti.

• Frantsiyada hakamlar qo'pol o'yinlarga ruxsat beradilar. Bu Neymarga yoqmayapti.

• Frantsiyada maydonlar yomon. Chimni bo'yi balandroq. Bu Neymarga yoqmayapti, "PSJ"ning boshqa o'yinchilari kabi.

• Avtobus sayrlari. "PSJ"ning ko'p raqiblari Parijdan uncha uzoqda emas. Shuning uchun amoa o'yinlarga avtobusda boradi. Bu Neymarga yoqmayapti.

• O'yin arafasida mehmonxonada joylashish. "Barselona"da jamoa o'yin kuni yig'ilgan. Bu Neymarga yoqmayapti.

• Jamoadaoshlari va muxlislar bilan ziddiyat. Muxlislar uni qo'llab-quvvatlamaydilar. Bu Neymarga yoqmayapti.

AS, xabariga ko'ra, futbolchining otasi "Real" vakillari bilan mart oyi o'rtalarida uchrashgan. Madridliklar Neymarni jahon chempionatigacha o'z saflariga qo'shib olmoqchilar.

BestMaster
21 Mart 2018, 10:40
neymarga, psjda, nimalar, yoqmayapti?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 farhodzakbarov  
Bizga ham
21 Mart 2018, 20:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads