Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Neymar «Qirollik klubi»ga kerak emasmi?

Mutaxassislar Neymarni allaqachon «qirollik klubi»ga «joylashtirib» qo'yishdi.

.
- Yuklab olish

Mutaxassislar Neymarni allaqachon «qirollik klubi»ga «joylashtirib» qo'yishdi. Biz esa uning poytaxt klubiga o'tishi noto'g'ri ekanligini isbotlashga harakat qilamiz.

«Megaqimmat» transfer.

BugungikungakelibNeymarbilanbog'liqmojaroavjigachiqdi. Har kuni u haqda yangi ma'lumot chiqishdan to'xtamayapti. Hozirda «top» mavzu uning «Real» klubiga o'tishidir.

Ispaniya klubi avvallari transferlar uchun misli ko'rinmagan narxlar e'lon qilishiga odatlanib qolgan edik. Ammo hozirda klub ancha kamtarona transferlar qilmoqda. Bunda Zidanning ham hissasi katta, albatta. U jamoaviy o'yin orqali ko'p narsaga erishishi mumkinligini isbotladi. Mana shu ishonch bilan, u ikki bor Chempionlar Ligasi g'olib bo'ldi. Neymar PSJ uchun 222 millionga tushgan edi. Hozirda uning uchun qilinadigan xarajat miqdori 400 million!!! Nazarimizda, Neymar uchun 200 million ajratish ham aqlsizdek.

Ronaldu bilan kelisha olmaydi.

Agar «Real» Ronaldu bilan ishlashda davom etsa, Neymar transferi haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Portugaliyalik futbol yulduzi o'zi bilan bir xil o'rinda o'ynaydigan yana bir raqobatchi kelishidan xursand bo'lmasligi aniq. Bu ikki yulduz hech qanaqasiga bir jamoada o'ynay olmaydi. Beylning jamoada o'ynab keta olmaganiga sabab ham aynan shunda. Yana bir «bosh og'rig'i» klubga ortiqcha.

Neymarning «yulduzlik» kasali

Bu ham ikkinchi muammo bilan chambarchas bog'liq. «Barselona» dan Neymar pul uchun yoki jamoadagi muhit tufayli ketmadi. U Messi soyasida qolishdan qo'rqdi. Kavani bilan raqobat, maydonda va maydon atrofida unga bo'lgan yomon munosabat bo'lishiga qaramay, Neymar PSJ da asosiy o'yinchiga aylana oldi. PSJ haqida gapirishganda, albatta, Neymarni eslab o'tishadi. Bu unga ayni muddao. Ronaldu soyasida qolishi aniq bo'lgan Neymar kelgach, hatto ikkisi uchun ham asosiy tarkibdan joy berilganda ham, maydonda kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi aniq. Penalti, jarima to'plari hamda golli vaziyatlardagi egoizm jamoa va qolgan futbolchilar uchun noqulaylik yaratadi.

O'zgacha xarakter

Neymar transferi hamda uning soliqlar bilan muammosi doimo bo'lib kelgan. Uning uchun ko'p ishlarni otasi hal qilishi, yosh boladek ko'p muammolarda qaror qabul qila olmasligi Neymarning muammolar girdobida qolishiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari futbolchi maydondan tashqarida ham xatti-harakatlar orqali yoqimsiz holatlar yaratadi. Emeri va Kavani bilan muammolar yaqqol dalil. Zidan bunday futbolchilar bilan ishlashni yoqtirmaydi.

Muxlislarga yoqmaydi.

Har qanaqasiga Neymar o'zlarining azaliy raqibi «Barselona» da o'ynagan. To'g'ri, bu ikki azaliy raqiblar o'rtasida ham transferlar uchragan. Futbolchi bunday vaziyatda har doim muxlislar diqqat markazida bo'lishi har harakatida «hushtaklar» hujumiga uchrashi mumkin. Bundan tashqari Neymarning «Real» ga o'tishi «Barsa»-«Real» qarama-qarshiligidagi keskinlikni oshirib yuboradi. Endigina mehrni qozonganda, «ketaman!»deb turib olishi mumkinligi muxlislarni yanada havotirga solidi.

PSJ shunchaki qo'yib yubormaydi.

Neymarning PSJda bo'lishi klubning mavqe'siga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu klub haqida ko'proq gapirishmoqda. Klubda ham ichki raqobat o'smoqda. Klub prezidenti Braziliyaga Neymarni qolishga ko'ndirish uchun uchib bordi. Neymar esa bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermay, oyligini oshirishini so'radi. Bunday o'zini «shoxlarcha» tutish kuni kelib Parij klubi mutasaddilarining ham joniga tegishi aniq. Ammo hozir uni saqlab qolish shart. 222 millionga tushgan futbolchini bir yil o'tib qo'yib yuborish klub egalariga og'ir zarba bo'lishi, muxlislar klubning rejalarni amalga oshirishiga ishonchsizlik bilan qarashni boshlashi mumkin.

Asosiy sabab:   DAVOMI:

BestMaster
20 Mart 2018, 09:30
neymar, «qirollik, klubi»ga, kerak, emasmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads