Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius va Neymarni yoshiga nisbatan solishtirib ko'ramiz

Винисиус против Неймара: ранние годы

Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior va "PSJ" hujumchi Neymarning yoshiga nisbatan solishtirish ishlari olib borildi. Yaqindagina Vinisius Libertadores kubogida "Emeleka" klubi qarshi baxsda zahiradan tushib dubl qayd etgan xolda o'z jamoasining g'alabasiga xissa qo'shgan edi.

Ikkala futbolchining tovon pullar

Neymar ilk professional shartnomasi 14 yoshligida imzolagan va uning tovon 20 mln yevro qilib belgilangan. Vinisius esa 16 yoshligida imzoladi va tovon puli 24 mln yevro.

Ilk maosh

Neymar shartnomaga ko'ra "Santos"da yiliga 1,1 mln yevro maosh olardi, bu paytga kelib esa Vinisius 1,7 mln yevro.

Professional futboldagi debyut

Neymar 2009-yil 7-martda 17 yoshu 1 oyligida "Oeste" klubiga qarshi baxsda debyut o'yinini o'tkazgan. Vinisius esa 16 yoshu 10 oyligida "Atletiko Mineyro"ga qarshi baxsda debyut o'tkazdi.

Dastlabki goli

Neymar dastlabki golini "Moji Mirin" jamoasi darvozasiga kiritgan, o'sha paytda u 17 yosh va 1 oylik edi. "Real" a'zosi esa o'z navbatida 16 yosh va 10 oyligida "Palestino" darvozasiga ilk golini kiritgandi.

Libertadores kubogidagi ilk goli

Neymarning ushbu musobaqadagi dastlabki goli 2011-yil "Kolo-Kolo" darvozasi tomon kiritilgan edi. O'shanda u 19 yosh va 1 oylik bo'lgan. Vinisius esa chorshanba kuni "Emeleka" darvozasiga kiritdi va hozirda u 17 yosh, 8 oylik.

Faoliyatidagi dastlabki 1500 daqiqada kiritilgan gollar soni.

Neymar bu ko'rsatgich bo'yicha 7 ta gol kiritgan edi. Junior esa 8 ta gol kiritdi.

Dastlabki 25 o'yinda maydonga tushish ko'rsatgichlari

Neymar "Santos" tarkibida dastlabki 25 ta o'yinning 8 tasida maydonga tushdi. Vinisius esa 4 ta o'yinda maydonga tushdi.

Dastlabki sariq kartochka

Neymar o'zining dastlabki sariq kartochkasi 4-uchrashuvida olgan edi. Vinisius esa 7 uchrashuvda.

Brazilya U-17 tarkibida gollar soni.

Neymar U-17 tarkibida bor yo'gi 3 marta maydonga tushgan va 1 ta gol kiritgan.Vinisius esa 12 marta. Ammo tanganing bir tomoni Neymar o'sha 3 ta o'yinni yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynagan. "Madrid" futbolchisi esa o'smirlar o'rtasida jahon chempionatiga olib ketilmadi.

Braziliya terma jamoasidagi debyut

Neymar ancha yosh paytida Braziliya terma jamoasida debyut o'tkazgan bo'lib o'shanda Neymar 18 va 6 oylik bo'lgan. AQSHga qarshi o'rtoqlik o'yinda Neymar debyut o'tkazgan edi. Qahramonimiz Junior esa hozircha terma jamoaga chaqirilgani yo'q. O'z navbatida Neymar 2014-yil 5 karra jahon chempionlarini mundialda sardor sifatida maydonga boshlab tushdi va Braziliya terma jamoasi tarkibida eng yosh sardor deya tarixdan joy oldi. SHuningdek, u RIO-2016 Olimpiadasida Braziliyani o'z tarixida ilk marta Olimpiada chempion qildi.

Bobojonov

 

BestMaster
19 Mart 2018, 23:00
vinisius, neymarni, yoshiga, nisbatan, solishtirib, koramiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 20002001  
Neymarga tengkelolmisan junyor
20 Mart 2018, 00:33
 20002001  
Neymarga tengkelolmisan Junior
20 Mart 2018, 00:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads