Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Serxio Ramos: «Chempionatdagi g'oliblik bizga yordam bermaydi, aksincha xalal berishi mumkin»

«Real» sardori Serxio Ramos «Yuventus»ga qarshi bo'ladigan Evropa chempionlar ligasi finali oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» sardori Serxio Ramos «Yuventus»ga qarshi bo'ladigan Evropa chempionlar ligasi finali oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu juda va juda muhim o'yin. Bizga qarshi kuchli raqib o'ynaydi. Maydonga chiqib, ajoyib jamoa ekanimizni isbotlash uchun bu yana bir imkoniyat. Biz zalvorli ko'rinmoqdamiz. Har safar sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati paydo bo'lganida, uni yutib olyapmiz. Biz bor e'tiborimizni o'yinga qaratganmiz. Iloji boricha kamroq xato qilishga harakat qilamiz.

Finalni har ikkala jamoa noldan boshlaydi. Chempionatdagi g'oliblik ertaga bizga yordam beradi, deb o'ylamayman. Aksincha, xalal berishi mumkin. Chempionatda g'olib chiqqanimizdan xursandmiz, boisi, oldimizga qo'yilgan vazifaga erishdik. Jamoa o'zini juda yaxshi his qilmoqda. Biz katta hajmdagi ishni amalga oshirdik. Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Imkoniyatlar esa 50 ga 50.

Final bahslari boshqa o'yinlardan farq qiladimi yoki yo'qmi, bilmadim, lekin biz maydonda o'z ishimizni qilamiz. Jamoamizdan, muxlislardan aynan shu talab qilinadi. Maydonni tark etayotib, sen qoniqish hissini tuyushing kerak. Biz yaratgan tarix barchasidan dalolat bermoqda.

Biz o'tmish bilan yashamoqchi emasmiz, lekin Madrid va bizning ruhiyatimiz oxirigacha kurashishga majbur qiladi. Hatto hech qanday umid qolmagandek ko'ringan vaziyatda ham, biz final hushtagi yangraguncha kurashishda davom etamiz. Umid qilaman, ertaga Lissabonda bo'lgan o'yindagidek qiyin bo'lmaydi. Shubhasiz, butun jamoa maksimal motivatsiyaga ega», – dedi Ramos.

BestMaster
3 Iyun 2017, 03:54
serxio, ramos, «chempionatdagi, goliblik, bizga, yordam, bermaydi, aksincha, xalal, berishi, mumkin»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 aziza_asensio  
Töğri Hala MADRID
3 Iyun 2017, 08:23
 morata21  
Olga Real
3 Iyun 2017, 08:50
 morata21  
Salom Aziza
3 Iyun 2017, 08:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads