Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La-Liga. «Real» oltita, Ronaldu to'rtta gol urdi

Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Real” – “Jirona” uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Real” – “Jirona” uchrashuvi yakuniga etdi.

Gollarga boy o'tgan o'yinda “qirollik klubi” 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda “Real” etakchisi Ronaldu bir qancha rekordlarni yangiladi jumladan, faoliyatidagi 50-xet-trik, 2018 yil Evropaning kuchli 5ta chempionatidagi futbolchilardan ko'proq gol urish bobida etakchilikni qo'lga oldi.

Darvoqe, Ronaldu “Jirona”ga qarshi o'yinda poker muallifiga aylandi. “Real”ning qolgan ikkita to'pini Beyl va Vaskeslar kiritishdi. Mehmonlardan esa Stuani (dubl) va Xuanpe javob gollarini urishdi.

Shu tariqa, “Real” gollarga boy o'tgan o'yinda “Jirona”ni yirik hisobda mag'lub etib, 60 La-Ligada ochkolari sonini 60taga etkazdi va uchinchi o'ringa ko'tarildi.

La-Liga, 29-tur.

Real Madrid – Jirona 6:3.

Gollar: 1:0 – 11 Ronaldu, 1:1 – 29 Stuani, 2:1 – 47 Ronaldu, 3:1 – 59 Vaskes, 4:1 – 64 Ronaldu, 4:2 – 67 Stuani, 5:2 – 86 Beyl, 5:3 – 88 Xuanpe, 6:3 – 90 Ronaldu.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Vaskes, Kovachich (Modrich, 71), Kroos, Asensio (Beyl, 70), Benzema (Isko, 83), Ronaldu.

Jirona – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Moxika, Ramalo, Portu, Pons, Garsiya (Losano, 69), Granel, Maffeo (Aday, 83), Stuani (Olunga, 87).

Ogohlantirishlar: Moxika (30), Karvaxal (52).

BestMaster
19 Mart 2018, 02:49
la-liga, «real», oltita, ronaldu, tortta, urdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Jonipay1987  
Messi va barsachilani oyog'i qaltiray boshladi silaga sabr tilayman. Las palmasga qarshi uyinda ham kamida xetrik buladi xudo xoxlasa Yuvega ham xetrik buladi
19 Mart 2018, 03:01
 uuuuuu  
Покер роналду бунака футболчи дунёда еук
19 Mart 2018, 03:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads