Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La-Liga. «Real» - «Jirona» uchrashuvi prevyusi

Ispaniya chempionatining 29-tur doirasidagi o'yinlarni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadigan, "Real" - "Jirona" o'yini yakun yasab beradi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 29-tur doirasidagi o'yinlarni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadigan, "Real" - "Jirona" o'yini yakun yasab beradi.

www.uzreport.news sayti bo'lajak o'yinga bag'ishlangan qisqacha prevyuni e'tiboringizga havola etadi. 

Ispaniya chempionati, 29-tur

"Real Madrid" - "Jirona"

Hakam: Xesus Xil Mansano

Jamoalarning birinchi to'qnashuvida jironaliklar "blankos" 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. "Montilivi" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlangan edi. Pablo Machin shogirdlarining Madridga uyushtirgan so'ngi tashriflarida esa "Atletiko" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Bir so'z bilan aytganda La Liga debyutanti o'ziga xos bir ertakka tushib qolgandek va bu ertakning yakunida esa "Jirona" futbolchilari kuchli ettilikda mavsumni yakunlashlarini ko'pchilik xohlamoqda. Chunki bu Evrokuboklarga yo'llanma beruvchi pog'onalardan biri.

Biroq ularning bugungi raqibi "Real" klubini esa bu bilan zarracha ishi yo'q. Zinedin Zidan shogirdlari chempionlik poygasidan chiqib ketishgan bo'lsada, kamida uchinchi pog'onani o'zlarida saqlab qolgan holda xalqaro maydonda ham sovrin yutishni o'z oldilariga maqsad qilishgan. Kecha "Valensiya"ning g'alabasidan keyin "qirollik klubi" vaqtinchaga yana to'rtinchi pog'onaga tushib qolishdi. Lekin madridliklar bu pog'onani bugun qaytarib olishga harakat qilishadi.

Ustiga ustak, "Real" muxlislari birinchi davradagi mag'lubiyat uchun ham revansh olinishini bugun intizorlik bilan kutishmoqda.

QIZIQARLI MA'LUMOTLAR:

Jamoalarning birinchi rasmiy o'yini 2017 yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan;

Jirona La Liga doirasida bir mavsumda "Real"ni ikkita davrada ham mag'lub etgan ikkinchi debyutant jamoaga aylanishi mumkin. Bunga qadar Real Burgos (1990/91) bunga muvaffaq bo'lgan edi;

"Real" bu mavsus Kataloniya klublariga 4ta o'yindan 3tasida mag'lub bo'ldi.Bunga qadar madridliklar bir mavsumda uzoq borsa faqat bitta o'yinda taslim bo'lishgan;

"Real" o'z maydonidagi so'ngi 4 o'yinda g'alaba qozondi va 19ta gol urdi. Bu o'rtacha hisobda 4,75ta gol demakdir;

"Jirona" 284 daqiqadan beri gol o'tkazmay kelmoqda. Bu ularning yuqori ligadagi shaxsiy rekordi hisoblanadi;

Bu mavsus standart vaziyatlardan "Real" 21ta, "Jirona" 18ta gol urdi. Bu La Ligada birinchi va ikkinchi natija;

Ronaldu qatorasiga uchta o'yindan beri dubl qayd etib kelmoqda. 2018 yilda u 14ta gol urdi. Hech kim hali buncha gol urmagan;

Karim Benzema o'zi maydonga tushgan o'yinlarda 33ta klubdan 31tasiga gol urgan. Frantsuz faqat "Leganes" va "Jirona"ga gol ura olmagan.

Portu - bu mavsum kuchli to'rtlikdagi barcha jamoaga gol urgan yagona futbolchi;

Kristian Stuani bu mavsumda boshi bilan 7ta gol urdi. Bu futbolchilar orasida mazkur mavsumdagi eng yaxshi natija.

BestMaster
18 Mart 2018, 22:59
la-liga, «real», «jirona», uchrashuvi, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Ranoldo1  
Reaaaaaaaal olgaaaaaaaa
18 Mart 2018, 23:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads