Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marselo: Bu yerga nima uchun kelganimizni juda yaxshi anglab turibmiz, shunday ekan bizni hech narsa chalg'ita olmaydi

"Real Madrid" futbolchisi Marselo ertanggi final oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Biz bor diqqatimizni o'yinga qaratganmiz. Bu yerga nima uchun kelganimizni juda yaxshi anglab turibmiz, shunday ekan bizni hech narsa chalg'ita olmaydi. Biz bu yerga "Madrid"ni himoya qilish uchun keldik va ertangi o'yinda bor kuchimizni maydonga tashlaymiz. O'tkazilgan 2 haftani to'g'ri taqsimlab finalga tayyorgarlik ko'rdik. Meni hech narsa o'ylantirayotgani yo'q, chunki "Yuventus"ning taktik sxemasini yaxshi bilamiz va nima qilishni bilamiz. Ular bilan o'yinda muammolarga duch kelamiz deb o'ylamayman."

Zidah haqida:

"U har doimgidek xotirjam."

Keylor Navas haqida:

"U Madridga kelganida jamoada Iker bor edi va u uchun bu yerda to'p surish murakkab bo'lgan. U o'z ishini jimgina bajardi va hozirgi kunda jamoaning asosiy darvozaboni. Shuningdek, bizga Kasilya va Ruben ham yordam berishmoqda. Navas ajoyib darvozabon. Men uni har doim qo'llab-quvvatlayman, o'ylaymanki u bizga ertaga katta yordam beradi."

BestMaster
3 Iyun 2017, 01:59
marselo, yerga, nima, uchun, kelganimizni, juda, yaxshi, anglab, turibmiz, shunday, ekan, bizni, hech, narsa, chalgita, olmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads