Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Chorak final qur'asi haqida barcha narsa

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi ortda qoldi. Navbat — chorak final uchun tashlanadigan qur'aga.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi ortda qoldi. Navbat — chorak final uchun tashlanadigan qur'aga. Qur'a haqida foydali ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Chorak finalga chiqqan jamoalar
"Barselona" (Ispaniya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Liverpul" (Angliya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Real" (Ispaniya)
"Roma" (Italiya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Yuventus" (Italiya)

Qachon va qaerda?
Chorak finalga qur'a tashlash marosimi ertaga, 16 mart kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Oradan 1 soat o'tib Evropa ligasining chorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

Qur'a mexanizmi
Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Qur'a "ko'r-ko'rona" tamoyili asosida o'tkaziladi. Bir mamlakat jamoalari o'zaro to'qnash kelishlari mumkin. Qur'a jarayonida nomi birinchi chiqqan jamoa chorak finalning dastlabki bahsini o'z maydonida o'tkazadi.

Qur'ani qaerda tomosha qilish mumkin?
FUTBOL TV qur'a marosimini jonli efirda translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Qur'a jarayonida kimlar ishtirok etadi?
UEFA mas'ul xodimlaridan tashqari Evropa chempionlar ligasi finali elchisi — Andrey Shevchenko.

O'yinlar qachon o'tkaziladi?
Dastlabki o'yinlar 3 va 4 aprel, javob bahslari esa 10 va 11 aprel kunlari bo'lib o'tadi. To'liq taqvim qur'adan keyin aniq bo'ladi.

Navbatdagi o'yinlar:
Chorak final: 3/4 va 10/11 aprel
Yarim finalga qur'a: 13 aprel
Yarim final o'yinlari: 24/25 aprel va 1/2 may
Final: 26 may, shanba, Kiev, "Olimpiyskiy" stadioni

BestMaster
15 Mart 2018, 07:30
chorak, final, qurasi, haqida, barcha, narsa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 messi-30  
Xudoyim 26-may kunida Barca shu maydonda galabani nishonlayotgan bulsin
15 Mart 2018, 12:29
 Izzatbek  
Maymun britvani orzu klibdiyuu a
15 Mart 2018, 13:47
 Izzatbek  
Mayli orzuga ayb yoq
15 Mart 2018, 13:47
 Jonipay1987  
Real shu baxsda barsa bilan tushsinda ilohim kurardik kim zurligini
15 Mart 2018, 14:31
 llorente  
Real yirtip tashaydi hammasini
15 Mart 2018, 15:43
 sh(3124)  
Barsa yoradi luboyini buyma buy safga turgizib serquyoshdi ayttiradi xudi celsidaka.XA REalcila ut butlarin kuydiyov karilotudila celsi yutadi deb keyingi bosqicda real barsa tuwib qoseydi anu kal trenerlarinam conteday messi xamasini xal qildi deb yiglirdi buyoda navaslarin cotini yirtilgan joylarini tikib utirardi karoci barsaga kamandani farqi yu luboyini soladi sanlaga uxwab raqib tanlamemiz VISCA BARCA sukinganlarin .,. Yebsan gapi bir tin manga barsacilaga
15 Mart 2018, 17:11
 Boss007  
real hammasini nakalenia tiz choktirib soladi
15 Mart 2018, 19:00
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads