Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Allegri: Futbolchilar g'alaba o'tida yonmoqda

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri final oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ertaga biz tinch va xotirjam o'yin ko'rsatish niyatidamiz. Biz bu uchrashuv uchun bir yil ter to'kdik. "Real"ga qarshi uchrashuv qiyin bo'ladi, ular amaldagi chempion. Ammo biz chempionlik o'tida yonmoqdamiz. Bu uzoq kutilgan sovrin. Asosiy tarkibni hali hamon aniqlab olganim yo'q. Uchrashuv 90 daqiqa bo'ladi, balki 120 daqiqa. Lekin biz 3,4 oy oldin yangi taktik sxema ishlab chiqdik. Balki uchrashuv taqdiri asosiy vaqtda xal bo'lar, biroq futbolchi almashtirish muhim. Menda hozir 2 ta variant bor, balki ertaga ikkita taktikani ham qo'llab ko'rarman. Madridliklar ketma-ket 70 o'yindan beri gol kiritmoqdalar, biroq ertaga bu ishni amalga oshira olmasliklari mumkin. Ushbu statistika finalda muhim ahamiyat kasb yetadi deya hisoblamayman, axir "Yuve" ChLda g'olib chiqish ishqida yonmoqda va klub sovrinni qo'lga kiritish uchun har qanday qurbonlikka tayyor. Beylning tezligi "Real"ga ko'p jihatdan yordam berishi mumkin. Isko esa mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi, bunday "Real"ga qarshi to'p surish murakkab. Ertanggi o'yinda statistika hech narsani xal etmaydi. Bu final, bitta o'yin. Biz o'z kuchimizga ishonayapmiz, texnik jihatdan ham taktik jihatdan ham "Real"dan kuchli bo'lishimiz kerak.

Iguain - hech narsani isbotlashi kerak emas, u buyuk futbolchi. Pipita - "Monako" darvozasiga 2 ta muhim golni kiritdi va ishonchim komil u ertaga o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatadi. Dybalada - ham katta o'sish. U pishdi, o'sdi va endi u muhim o'yinlarga tayyor. O'tgan mavsumda unga tajriba yetishmadi va shunga o'xshash muammolar, biroq ushbu mavsumda hammasi o'zgardi. Ishonaman, ertaga u eng yuqori no'tada o'yin namoyish etadi.

Odamlar "Yuve"ni 6 finalda mag'lub bo'lganini gapirmoqda. Men buni eshitdim, ammo bu tarix. Buni o'ylamaslik kerak, bular 15,20 yoki 50 yil oldingi gaplar. Ertaga yangi o'yin. 2015-yil finalga yo'l olganimizda bizda finaldagi motivatsiya yetishmadi. Bu safar hammasi boshqacha. O'tgan mavsum ham yaxshi ishtirok etdik, "Bavariya"ga so'nggi daqiqalarda mag'lub bo'ldik. Jamoam yildan-yilga kuchayib bormoqda. Biz bu natija bilan faxrlanamiz, ammo men buni yetarli deb hisoblamayman. Bizga g'alaba kerak. Kardiffga dam olish uchun kelmadik, biz sovrinni uyga olib ketish uchun shu yerdamiz."

 

BestMaster
3 Iyun 2017, 00:59
allegri, futbolchilar, galaba, otida, yonmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 aziza_asensio  
Chuchvarani hom sanabsan kubok Italiyagamas Ispaniyaga ketadi
3 Iyun 2017, 09:11
 SergioRamosRMA  
Hayol qilish Yuventesga odatmi deyman. Eh Allegri.
3 Iyun 2017, 12:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads