Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zamonaviy futbol «daholar»ciz qolganida...

Bugungi kunga kelib, zamonaviy futbolning maydon ichida va tashqarisidagi asosiy mavzusi-Messi hamda Ronaldu hisoblanadi.

.
- Yuklab olish

Bugungi kunga kelib, zamonaviy futbolning maydon ichida va tashqarisidagi asosiy mavzusi-Messi hamda Ronaldu hisoblanadi. XX asrning qarama qarshiligi «Pele-Maradona» endi tarixda qoldi. Biz xayollarimizni kuchga solib, bu ikki futbol «daho»larisiz zamonaviy futbolni tasavvur qilib ko'ramiz.

Agar Ronaldu hamda Messi bo'lmasa quyidagi voqealar sodir bo'lar edi:

1. Gollandiya terma jamoasi – 2004-yilgi Evropa chempionatining finalchisi.

O'zining birinchi yirik xalqaro turniri-2004-yilgi Evropa chempionatiga Ronaldu qit'aning asosiy yosh iste'dodlaridan biri sifatida tashrif buyurgan edi. Ammo yarim finalgacha u berilgan ishonchlarni oqlamayotgan edi. Gretsiyaga urilgan yagona gol ham unga taskin bera olmasdi. Gollandiya bilan yarim finaldagi o'yin uning uchun atalganga o'xshadi. Bitta gol hamda golli pas Portugaliyani finalga etaklagan edi. U bo'lmasa, katta ehtimol bilan final Niderlandiyaniki bo'lar edi.

2. «Chelsi» - Chempionlar Ligasi g'olibi va 2007/2008 mavsum Angliya chempioni.

2. 2007/2008 mavsum Ronaldu uchun eng yaxshi mavsumlardan biri. Chempionatda 31 gol va Chempionlar Ligasidagi 8 gol «Manchester Yunayted»ni «oltin dubl» qilishi uchun zamin yaratdi. Asosiy sovrin uchun kurash oson kechmadi. Eng so'ngi tur g'olib nomini aniqlab berdi. O'shanda «Chelsi» bilan farq 2 ochkoni tashkil etar edi. Oxirgi turda Rayan Gigz hamda portugaliyalik yulduz g'alaba keltirib Angliyani «qizil» rangga «bo'yadi»

10 kundan so'ng finalda gol urgan Ronaldu penaltilar seriyasida gol ura olmadi. Baribir, yakunda «qizil iblis»lar champion bo'lishdi.

3. «MYu» Chempionlar Ligasini ketma-ketma qo'lga kiritgan birinchi ingliz jamoasi.

Ammo, afsuski, bu ularning taqdirida yozilmagan ekan. Ikki «yulduz» bir-birini sovrindan ayirgan holatlardan biri. Rimdagi finalda argentinalik «afsona» o'zi gol urdi hamda Etooga golli pas berib «Barselona» g'alabasini ta'minlagan edi.

Shundan so'ng Ronaldu Angliyani tark etdi

4. Portugaliya «Evro-2016» da, Argentina «JCh-2014» da guruhdan chiqa olmas edi.

Faktlardan ko'rinib turibdiki, bu ikki yulduz ana shu musobaqalarda jamoasi sha'nini saqlab qolgan. Leo Braziliyadagi musobaqada guruh bosqichining hammasida g'alaba to'pini kiritib o'ziga xos rekord o'rnatdi.

Ronaldu ikki yildan so'ng o'zini ko'rsatdi. Vengriya bilan o'yinda dubl qayd etib jamoani guruhdan «elkasida ko'tarib» olib chiqdi.

5. Juda qimmat transferlar davri boshlanmas edi.

Ronaldu hamda Kakaning transferi Zidanning 2001-yilgi transferidan keyingi eng yirik xarid deb qayd etildi. Aynan mana shu transferdan so'ng futbolchilarga «daxshatli» narxlar e'lon qilina boshlandi. Buni tekshirish uchun faktlarga murojaat qilamiz. Dunyodagi 50 yirik transferning 44 tasi aynan Ronalduning transferidan keyin bo'lib o'tgan.

6. Dunyoda juda ham ko'p odamlar hayot bilan vidolashgan bo'lar edi.  Davomi:

BestMaster
12 Mart 2018, 15:29
zamonaviy, futbol, «daholar»ciz, qolganida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Zofik  
Davomi qani? Siyoxlaring tugab qoldimi?
12 Mart 2018, 15:59
 Boss007  
davomini yozila
12 Mart 2018, 22:13
 sabr  
qizigan joyida to'xtatibsizlaru?
13 Mart 2018, 10:15
 crstianoronaldo  
Eee davomi qani buni?
13 Mart 2018, 14:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads