Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Buffon: Ronaldu bilan o'zimni tenglashtira olmayman

"Yuventus" sardori va darvozaboni Janluidji Buffon Chempionlar Ligasi finali oldidan Massimiliano Allegri bilan birgalikda press-konferensiyada qatnashdi.

"Jurnalistlar mish-mishlarni tarqatmoqda, ammo men o'zimni Ronalduga tenglashtira olmayman. Ikkimizning vazifamiz turlicha. Men himoya qilaman, u hujum qiladi. Qo'limdan keladigan ish – gol o'tkazmaslik. Unda esa o'yin taqdirini hal qilish uchun juda ko'plab imkoniyat bor. Jurnalistlar bu o`yinni Krishtianu va mening o'rtamizdagi jang deb gapirmoqda, ammo bu be'manilik. Ronaldu va Benzemada ortiqcha xavotir olmayapman. "Real Madrid"da barchadan xavf kutish kerak. Men buyuk futbolchilarga qarshi o'ynaganman. JCH-2016dan keyin oradan 11 yil vaqt o'tdi va hozirda Zidan "Real" bosh murabbiyi. Unda hali ham o'sha-o'sha xususiyatlar saqlanib qolgan - u g'olib. U futbol o'ynaganda ham ko'pincha g'olib bo'lardi va murabbiylik sohasida ham buni uddalamoqda. Men uni qachon g'alaba qozonmasligini xohlamasligim mumkin? Ertaga. Ammo bu uning obro'siga putur yetkazish emas.

Ronaldu barchamiz uchun - namuna. Men 39 yoshdaman lekin shu yoshimga kirib uchalik emotsianal ro'llarda bo'lmaganman. Undan o'rganadigan jihat ko'p. Bu yil Dani Alves bilan suhbatlashdim va undan ham biroz narsa o'rgandim. Dani va Ronaldu ko'plab sovrinlar yutishgan. Alves bizga kelib qo'shilganda, men nixoyat "Yuevntus" Chempionlar Ligasini yutishiga umid qilgan edim. Biz o'zimizga ishonamiz va finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. "Real" finallarda qanday harakat qilishni biladi."

 

BestMaster
2 Iyun 2017, 23:59
buffon, ronaldu, bilan, ozimni, tenglashtira, olmayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads