"Real" yarimhimoyachisi Kazemiro EChL nimchorak finalida "PSJ" bilan javob uchrashuvining (2:1) eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Braziliyalik futbolchi to'pni olib qo'yish (11) va aniq uzatmalar (95%) borasida etakchi bo'ldi.
InStat ma'lumotiga ko'ra, bundan tashqari "Real" yarimhimoyachisi yakka kurashlar soni (16) va foizi (73) bo'yicha ham tengsiz bo'ldi. U ko'proq Anxel Di Mariya (4 marta) va Kilian Mbappe (3) bilan yakkama yakka keldi va barchasida g'olib bo'ldi.